O‘zA O`zbek

24.08.2018 06:20 Chop etish versiyasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni tashrif bilan Turkmanistonga joʻnab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi (OQXJ) taʻsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

Turkmanboshi shahrida boʻlib oʻtadigan OQXJ sammitida global iqlim oʻzgarishi sharoitida Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Majlis yakuni boʻyicha Davlat rahbarlari kengashining qoʻshma bayonoti qabul qilinishi kutilmoqda.

OʻzA
2 505