Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi bo‘ldi.

Prezidentimiz yuqori martabali mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirib boradi, deb ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbari Bosh kotibga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Islom Karimovning tinchlikparvar siyosati, asosli tashabbuslari va amaliy ishlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim asos bo‘lganini jahon hamjamiyati keng e’tirof etayotganini ta’kidlash joiz, dedi davlatimiz rahbari.

 Antoniu Guterrish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini yuksaltirish borasida muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etildi. Global xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Taomilga binoan Qur’on tilovat qilindi.

Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Prezidentimiz qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Qurilish loyihasiga ko‘ra, Hazrati Xizr maqbarasi atrofida milliy me’morlik an’analari asosida qo‘shimcha ayvonlar, choyxona qurilmoqda, boshqa qulayliklar yaratilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un, ayvonlar maqbara bilan hamohang bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash zarurligini qayd etdi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi