O‘zA O`zbek

30.09.2018 Chop etish versiyasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Agraga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Agraga keldi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari dastlab Agra shahriga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi aeroportda tantanali kutib olindi.

Prezidentimiz bu yerda jahonga mashhur Toj mahal obidasini borib koʻradi.

Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga Nyu-Dehli shahrida boʻlib oʻtadi.

2 469
OʻzA.