O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olgandan so‘ng saylovoldi tashviqoti boshlandi. O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulug‘bek Abdusalomov bilan ushbu muhim siyosiy jarayonga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar haqida suhbatlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi hal qiluvchi bosqichga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olgandan so‘ng saylovoldi tashviqoti boshlandi. O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulug‘bek Abdusalomov bilan ushbu muhim siyosiy jarayonga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar haqida suhbatlashdi.

– Asosiy Qonunimizda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafolati ekani mustahkamlab qo‘yilgan, – dedi M.Abdusalomov. – Shu yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Vatanimizning yangi tarixida g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqeadir. Zero, mamlakatimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi saylovning barcha ishtirokchilarining faolligi, siyosiy yetukligi va pirovard natijada saylovchilar qabul qiladigan qarorga bog‘liq.

Shu munosabat bilan saylovga eng yuksak tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik darajada tayyorgarlik ko‘rish, uni milliy saylov qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik prinsiplarga to‘liq muvofiq holda ochiq- oshkora va adolatli o‘tkazish katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun mamlakatimizda barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. 

Ma’lumki, saylovlar – bu kuchli fuqarolik jamiyatiga ega demokratik-huquqiy davlatning uzviy belgisi bo‘lib, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy hayoti, davlat va jamiyat boshqaruvida va davlat hokimiyatini shakllantirishda bevosita ishtirokining asosiy shaklidir. 

Shu bois demokratiya talablari va mustaqil taraqqiyotimiz shartlariga mos, fuqarolar, siyosiy partiyalarning saylov jarayonlarida erkin va faol ishtirok etishini ta’minlaydigan, saylov huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishning ishonchli kafolati bo‘lgan zamonaviy saylov tizimining yaratilishi istiqlol yillarida mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 

Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va ularning samaradorligi, avvalo, islohotlarning «o‘zbek modeli» tadrijiy xususiyatga ega ekani bilan bog‘liqdir. Bunday islohotlar demokratik saylov tizimini shakllantirish sohasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur tizimning mustahkamligi, barqarorligini ta’minladi va shu tariqa davr va islohotlarni chuqurlashtirish talablaridan kelib chiqqan holda, yanada takomillashtirish imkoniyatini yaratdi. 

– Bu yil o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘ziga xos qanday xususiyatlarga ega?

– Prezident saylovi bo‘yicha 2015-yilgi saylov kampaniyasi sifat jihatidan yangi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sharoitlar, partiyalararo raqobat, aholining siyosiy va fuqarolik faolligi kuchayib borayotgan bir sharoitda o‘tmoqda.

O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni hayotga tatbiq etish davomida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarni demokratlashtirish hamda erkinlashtirishda salmoqli yutuqlarga erishildi. Avvalambor, mamlakatimizda tinchlik, xotirjamlik va fuqarolar totuvligining mustahkamligi, iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, aholi farovonligi, hayot darajasi va sifatining muttasil ortib borayotgani eng asosiy yutuqlarimizdandir. Yana shunisi muhimki, bir paytning o‘zida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan islohotlar ham izchil amalga oshirilmoqda. 

Fuqarolarimiz ongi va tafakkuri, e’tiqodida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar, ularda atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi, fuqarolik burchi va ertangi kunimiz, Vatanimiz taqdiriga shaxsiy javobgarlik hissining ortib borayotgani ushbu ijobiy o‘zgarishlarning muhim omili hamda manbaiga aylanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2014-yilda bo‘lib o‘tgan saylov aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi, huquqiy va siyosiy madaniyati yuksalganidan yaqqol dalolat beradi. Saylov natijalari mamlakatimiz va xalqimizning asosiy maqsadi inson huquqlari, manfaat va erkinliklarini, qonun ustuvorligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlaydigan demokratik davlat barpo etish tarafdori ekanini yana bir bor namoyon etdi. 

Shu bilan birga, parlament saylovi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlar qanday amalga oshirilayotgani, bu jarayonda siyosiy partiyalarning ishtiroki, ularning faoliyati va istiqboldagi dasturiy yo‘nalishlarini baholashda fuqarolarning talabchanligi qanchalik oshganini ko‘rsatdi. 

Bularning barchasi Prezident saylovida ishtirok etishga qaror qilgan siyosiy partiyalardan saylov kampaniyasida nafaqat o‘z faolligini kuchaytirish, balki bu borada o‘z faoliyatini, Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning o‘z saylovoldi dasturlarini yanada yuksak siyosiy darajaga ko‘tarishni talab etmoqda.

– Aytingchi, Prezident saylovini demokratiya prinsiplariga to‘liq muvofiq holda o‘tkazishni kafolatlaydigan huquqiy asos nimadan iborat?

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy saylov tizimining faoliyat yuritishi va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini demokratik rivojlantirishda, shubhasiz, asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. Bosh Qomusimizda, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanishi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, mustaqillik yillarida davlat rahbari saylovi jarayonini tartibga soladigan qonunlar to‘plami shakllantirildi. Birinchi navbatda, bu «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida», «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa qator qonunchilik hujjatlaridir. 

Mamlakatimiz saylov qonunchiligi asosini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan va jahonda e’tirof etilgan muhim demokratik prinsiplar tashkil qiladi. 

Xalqaro demokratik standartlarning O‘zbekistonda saylov to‘g‘risida qabul qilingan qonunlarga avtomatik ravishda kiritilmasdan, balki xalqimiz madaniyati, an’analari va istiqlol yillarida demokratik huquqiy davlat hamda jamiyat qurish bo‘yicha to‘plangan milliy tajribamiz inobatga olingan holda implementatsiya qilingani ularning hayotiy va ta’sirchan bo‘lishi uchun katta ahamiyatga egadir. 

Masalan, chet ellik mustaqil ekspertlarning fikricha, bugungi kunda O‘zbekiston saylov qonunchiligi demokratiyaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlarining saylov to‘g‘risidagi qonunlaridan ustundir. 

Mamlakatimizda ushbu sohada qabul qilingan barcha qonunchilik hujjatlari adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik prinsiplari asosida fuqarolarning saylov huquqlariga so‘zsiz rioya etishi, saylovchilarga saylovda erkin ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar, Prezidentlikka nomzod ko‘rsatadigan siyosiy partiyalarga esa saylov kampaniyasi davomida keng va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Qonunchiligimizda Markaziy saylov komissiyasi rahbarligida saylovlarning qonun talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydigan hamda faqat qonunga bo‘ysunadigan mustaqil saylov komissiyalari tizimining mustahkamlab qo‘yilgani milliy saylov tizimining eng muhim xususiyatidir.

– So‘nggi yillarda saylov qonunchiligimizga qanday o‘zgartishlar kiritildi?

– Mamlakatimiz va jamiyatimizni jadal sur’atlar bilan modernizatsiya qilish hamda yangilash milliy qonunchiligimiz, jumladan, saylov qonunchiligini takomillashtirishni davom ettirish zarurligini taqozo etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010-yilda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bu boradagi tegishli vazifalar belgilangan.

Ushbu dasturiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, ko‘ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlashga doir belgilab berilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda Konstitutsiyamizga hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator tuzatishlar kiritildi. 

Bundan tashqari, saylov qonunchiligiga saylov erkinligi prinsipini yanada to‘liq amalga oshirish, saylovoldi tashviqotini o‘tkazishda siyosiy partiyalar va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni teng sharoitlar bilan ta’minlash samaradorligini oshirish, saylovlar davomida oshkoralikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish uchun o‘zgartish va qo‘shimchalar ham kiritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga jahon amaliyotida ilk bor boshqa hokimiyat organlarining hech qanday aralashuvisiz saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni ta’minlaydigan, davlat hokimiyati tizimida alohida o‘rin tutgan konstitutsiyaviy organ maqomi berildi. Markaziy saylov komissiyasiga bu borada mutlaq vakolatlar berilgan. Mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari etib belgilandi. Bularning barchasi saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi, saylovlarning demokratligini ta’minlash kafolatlarini yanada kuchaytirdi. 

Yana shuni ta’kidlash kerakki, barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyati va saylov jarayonining har bir bosqichida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar qonun, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi bilan tartibga solinmoqda. 

Dasturda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha saylov qonunchiligida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda va aniq jadval asosida tegishli barcha tadbirlar, shuningdek, ushbu tadbirlar uchun mas’ul tuzilmalar belgilandi. Bu saylov kampaniyasini yuksak demokratik darajada tashkil etish, okrug va uchastka saylov komissiyalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi, saylov jarayoni ishtirokchilari – Prezidentlikka nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar va bevosita saylovchilarning saylov huquqlarini to‘liq amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar bilan ta’minlash imkonini bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 saylov okrugi, okrug saylov komissiyalari, ushbu komissiyalar esa, o‘z navbatida, 9058 saylov uchastkasi va uchastka saylov komissiyalarini tashkil qildi. Har ikki darajadagi komissiyalar tarkibiga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tavsiyasiga asosan jamoatchilik orasida obro‘-e’tibor qozongan kishilar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida ham 44 saylov uchastkasi tuzildi. 

Milliy qonunchiligimizga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat siyosiy partiyalar nomzod ko‘rsatish huquqiga ega. Markaziy saylov komissiyasiga zarur hujjatlarni taqdim etgan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha to‘rt partiya – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga saylovda ishtirok etish uchun ruxsat berildi.

Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari – syezd yoki qurultoy tomonidan amalga oshirildi. So‘ngra nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo varaqalari to‘plandi. Qonunga binoan har bir siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari mamlakatimizning kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilmasini ifoda etadigan jami saylovchilar umumiy sonining kamida besh foizi imzosini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin. 

Siyosiy partiyalar imzo varaqalarini zarur hujjatlar bilan birgalikda nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etdi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddatda tekshirib chiqdi va ularning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berdi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlari esa imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirdi.

Markaziy saylov komissiyasida 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish va saylov kampaniyasi davrida Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

– Saylov kampaniyasining mohiyatiga ko‘ra eng muhim bosqichlaridan biri – saylovoldi tashviqoti boshlandi. Shu haqida ham gapirib o‘tsangiz.

– Saylov kampaniyasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq tizimli jarayonni ifoda etadi. Bu bosqichlar orasida saylovoldi tashviqoti alohida o‘rin tutadi. Bu jarayonga barcha demokratik davlatlar, shu jumladan, mamlakatimizda ham alohida e’tibor qaratiladi. Tashviqot nomzodlarga saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturi bilan tanishtirish imkonini beradi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Prezidentlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqotini o‘tkazish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, Prezidentlikka nomzodlarni saylovoldi tashviqotini o‘tkazishda teng sharoit bilan ta’minlash maqsadida ularga o‘z dasturlari bilan chiqish qilishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning “O‘zbekiston” va “Yoshlar” teleradiokanallarida 900 daqiqadan efir vaqti berildi, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” va “Pravda Vostoka” gazetalarida bir xil – 10 sahifagacha nashr maydoni ajratildi. 

Shuningdek, Prezidentlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun teng huquqqa ega. Har bir nomzod 15 nafargacha ishonchli vakilga ega bo‘lishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradi, uni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targ‘ibot olib boradi, turli tashkilotlarda nomzodning manfaatini himoya qiladi.

– Saylov jarayonining ochiq va oshkoraligi amalda qanday ta’minlanmoqda?

– Mamlakatimizda demokratik saylovlarni tashkil etish yashirin ovoz berishga asoslangan bo‘lib, qolgan barcha jarayonlar ochiq, oshkora va transparentlik asosida o‘tkaziladi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, saylov komissiyalari fuqarolarga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha o‘z faoliyati, saylov komissiyalari tuzilgani, ular joylashgan manzil va ularning ish vaqti haqida ma’lum qiladi, saylovchilar ro‘yxati, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar ro‘yxati bilan tanishtiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadir. 

Ommaviy axborot vositalari saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

O‘tgan yillardagi saylov kampaniyalari, jumladan, 2014-yilda o‘tkazilgan parlament saylovi davomida mamlakatimiz va chet el jamoatchiligini saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida keng xabardor qilish uchun Markaziy saylov komissiyasi va ommaviy axborot vositalari hamkorligi bo‘yicha yanada boy tajriba to‘plandi. Mamlakatimiz Prezidenti saylovi bo‘yicha 2015-yilgi saylov kampaniyasini har tomonlama xolis yoritish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va «Jahon» axborot agentligi bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzdi. Ushbu shartnomalarda saylov jarayonini tartibga soladigan milliy qonunchiligimizni aholi o‘rtasida keng tushuntirish ko‘zda tutilgan. Nodavlat ommaviy axborot vositalari, birinchi navbatda, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tarkibiga kiradigan axborot vositalari va axborot-tahlil internet-nashrlar saylov jarayonini yoritishda faollik ko‘rsatmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi tashkil etildi. Mamlakatimizning barcha hududlarida – okrug saylov komissiyalari huzurida ham shunday matbuot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovini yoritish uchun mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 340 dan ziyod vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

Markaziy saylov komissiyasi dasturiga muvofiq, saylov tashkilotchilari – okrug va uchastka saylov komissiyalari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, jurnalistlar uchun mavzuga oid seminarlar o‘tkazilmoqda. Bu milliy saylov qonunchiligimizga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar, saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, jumladan, ommaviy axborot vositalari ishtirokida saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini ta’minlash vazifalari haqida ularning xabardorligini oshirishga yordam beradi. 

Saylov kampaniyasi davomida milliy qonunchiligimizga so‘zsiz rioya etish va fuqarolarimiz, jumladan, yoshlarning o‘z hayotiy va siyosiy pozitsiyasini namoyon etishi bo‘lajak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini demokratiya prinsiplariga to‘liq muvofiq holda o‘tkazish va pirovard natijada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va izchil demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish imkonini beradi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident saylovi – el-yurtimiz farovon kelajagini ta’minlashning muhim omili