O‘zA O`zbek

14.05.2018 23:27 Chop etish versiyasi

Prezident Matbuot kotibi brifing o‘tkazmoqda

Prezident Matbuot kotibi brifing o‘tkazmoqda Prezidentimizning AQSHga rasmiy tashrifini keng va tezkor yoritish uchun tashkil etilgan Matbuot markazi ko‘magida jurnalistlarning rasmiy tashrif doirasida e’lon qilayotgan xabar va maqolalarni OAV orqali keng yoritilmoqda. Shuningdek, markaz tashabbusi bilan turli tadbir va anjumanlar tashkil etilayotir.

Eslatib o‘tamiz, mazkur markaz Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifini keng va tezkor yoritishda jurnalistlarga ko‘maklashyapti. Bu yerda zarur ma’lumotlar tarqatilib, tashrif natijalari bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazib boriladi.

"Prezident tashrifining rasmiy xeshtegi #UzbUSA2018 qabul qilindi.

Tashrif avvalida yigirmaga yaqin tadbirlar, turli uchrashuvlar o‘kazish, taniqli xalqaro ekspertlar, AQSHning keng jamoatchilik vakillari bilan intervyular uyushtirish ko‘zda tutilgan edi. Ular hozirda tashkil qilinib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borilayapti.

Bugun AQSHning Vashington shahrida O‘zbekistonning Xalqaro press-klubi va Amerikaning Milliy press-klubi hamkorligida ana shunday anjuman tashkil etildi.

Shuningdek, www.prezident.uz sayti orqali e’lon qilingan xabarga ko‘ra, bugun yana bir tadbir ya’ni, Prezident Matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi oldidan brifing o‘tkazadi. Ayni paytda brifing boshlandi. Birifing tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring...

Nozima Toshpo‘latova, O‘zA
3 646