O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2017-yil 16-avgust va 19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda bu masala atroflicha muhokama qilingan edi. 2017-yil 30-sentabrda Prezidentimiz tomonidan “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chog‘ida o‘tkazilgan majlislarda ham bu borada ko‘plab vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarining ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi.

Dastlab bu masalada Andijon, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga e’tibor qaratildi. Masalan, Andijon viloyatidagi 87 ta mahallada bironta ham bolalar bog‘chasi yo‘qligi, 84 ta bog‘cha filialini mustaqil muassasaga aylantirish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tuman hokimliklari tomonidan aniq choralar belgilanmagani tanqid qilindi.

Viloyatda mavjud 451 ta maktabgacha ta’lim muassasasidan 200 tasida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun maxsus ombor yo‘q, sovutkich, shkaf va stol-stullar yetishmaydi. Shuningdek, hanuzgacha 123 ta bog‘chaga ichimlik suvi tashib keltiriladi, 71 tasining atrofi o‘ralmagan, 134 tasida musiqa xonalari jihozlanmagan, 420 tasida kichik kutubxonalar tashkil etilmagan.

Shunday kamchiliklar Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida ham kuzatilgan.

Barcha hududlarda uchraydigan bu kabi kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yaxshilash maqsadida davlatimiz tomonidan katta mablag‘ va resurslar yo‘naltirilmoqda. 2018-yil uchun tasdiqlangan Investitsiya loyihalari ro‘yxatiga muvofiq, 771 milliard so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan 60 ta bog‘cha yangidan quriladi, 295 tasi rekonstruksiya qilinadi va 176 tasi mukammal ta’mirlanadi.

Yig‘ilishda joriy yilda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash, bolalar bog‘chalarining moddiy-texnik holatini o‘rganib, mebel, oshxona jihozlari, o‘yin maydonchalari va sport inventarlariga bo‘lgan talabni aniqlash hamda yaqin 2 yilda mamlakatimizdagi barcha bog‘chalarni jihozlash bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatsiz tayyorlash, qurilish va ta’mirlash ishlarini oxiriga yetkazmaslik, ba’zilarini ta’mirlamasdan qoldirib ketish holatlari ko‘p uchrayotgani tanqid ostiga olindi.

Masalan, o‘tgan yili Xorazm viloyati Urganch shahridagi 14-bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan, muhandislik tarmoqlariga to‘liq ulanmagan, jihozlar to‘liq yetkazib berilmagan. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi 3-, Nishon tumanidagi 20-, Koson tumanidagi 32-bog‘chada ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmagan. Buxoro shahridagi 3-, Buxoro tumanidagi 19-, Romitan tumanidagi 11-, Qorako‘l tumanidagi 7-bog‘chalarda pardozlash ishlari sifatsiz bajarilgan, jihozlarning 50 foizi yetkazib berilmagan. Ko‘plab loyihalarda nazarda tutilmagani sababli bog‘chalar hududini obodonlashtirish, atrofini o‘rash, tashqi kommunikatsiya tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmay qolmoqda.

Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun hokimliklar, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga tegishli topshiriqlar berildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining loyiha-smeta hujjatlarida yordamchi binolarni ham ta’mirlash va jihozlashni nazarda tutish, ularni aholi uchun qulay va muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘i mavjud hududlarga joylashtirish zarurligi qayd etildi. Namunaviy loyihalarni qayta ko‘rib chiqib, yangi quriladigan bog‘chalar uchun sarflanadigan xarajatlarni arzonlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Navbatdagi muhim masala, dedi Shavkat Mirziyoyev, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishdir. Hududlarga biriktirilgan tijorat banklari va tadbirkorlar tomonidan 2018-yilda jami 222 ming nafar bolaga mo‘ljallangan 3 mingdan ziyod nodavlat bolalar bog‘chasini tashkil etish rejalashtirilgan. Shundan 1 ming 200 tasi yangi quriladigan binoda, 1 ming 360 tasi mavjud binolarda va 470 tasi uy bog‘chasi sifatida tashkil etiladi.

Joylarda bu borada qator ishlar boshlangani, lekin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida sust borayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlarning uzoqni ko‘ra olmasligi va davlat siyosatini tushunmasligi oqibatida ishlab turgan davlat bog‘chalarini xususiylashtirish va tadbirkorlarga berib yuborishga urinish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa aholining o‘rinli va jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois tadbirkorlarga ishlamay turgan bog‘chalarni berish, binoni ta’mirlab va jihozlab ishlatish vazifasini qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Xususiy bog‘cha uchun yaxshi joydan yer, bino va imtiyozli kredit olib, qurilgan yoki ta’mirlangan binodan 1-2 yildan keyin boshqa maqsadda foydalanaman, degan “xomxayol” bilan yurgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar ham bor, dedi Prezidentimiz. Shu sababli hokimliklar xususiy bog‘chalar uchun yer va bino ajratish, banklar esa kredit berish to‘g‘risidagi o‘z qarorlarida bunday binolardan kamida 15-20 yil davomida bog‘cha sifatida foydalanish zarurligi to‘g‘risidagi shartlarni nazarda tutishi kerak.

Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish bo‘yicha ham qator vazifalar belgilandi.

Moliya vazirligiga Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish, Jamg‘arma mablag‘larini nodavlat bolalar bog‘chalari uchun bino va inshootlarni xarid qilish, yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga imtiyozli stavkada kredit ajratishga yo‘naltirish topshirildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalarni tashkil etish modellari, davlat va xususiy sherikning xuquqlari va majburiyatlari, bog‘chalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqishni tezlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Hokimliklar va banklarga 2018-yilda tashkil etiladigan 3 mingdan ziyod xususiy bog‘chaning har biri bo‘yicha yer, bino va kredit ajratish, bog‘chalarni ishga tushirish muddatlari aniq belgilangan jadvallarni ishlab chiqish va tasdiqlatish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Hal etishimiz zarur bo‘lgan yana bir muhim muammo, dedi davlatimiz rahbari, bog‘chalarda bolalarni belgilangan me’yorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirishni tashkil etishdir.

Afsuski, bolalarga sut mahsulotlari va meva tasdiqlangan normadan kam miqdorda berilmoqda, baliq mahsulotlari esa deyarli berilmayapti.

Yig‘ilishda bu borada berilgan topshiriqlarga muvofiq, bolalarni sifatli ovqatlantirish, ko‘rpa, yostiq va choyshablarini belgilangan muddatlarda almashtirish, dori-darmon va yuvish vositalari uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori yetarli ekani aniq hisob-kitob qilinadi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning joylardagi bo‘linmalari rahbarlari bog‘chalarda bolalarning belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etishga shaxsan mas’ul bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bog‘chalarda taomlarni tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va saqlashda sanitariya normalari va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi.

Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining saviyasi, bilimi va ko‘nikmalari masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Tizimda faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy ma’lumotli, 79 foizi esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekani qayd etildi.

Bolalar tarbiyasi jarayoniga o‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go‘dakligidan ongi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu boradagi o‘rganishlar natijasida kelgusi 3 yilda maktabgacha ta’lim tizimida 47 ming 300 dan ziyod oliy ma’lumotli pedagog kadrlar, jumladan, 28 ming 300 nafar tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbariga ehtiyoj paydo bo‘lishi aniqlangan. Shu bois, 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida kunduzgi shaklda 3 yillik bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Bunda ilg‘or xorijiy tajriba, jumladan, Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari tajribasi asosida yangi o‘quv rejasi va dasturlari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki shaklda bakalavrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Joriy yil mart oyidan boshlab, viloyatlardagi universitet va pedagogika institutlari bazasida bog‘chalarning pedagog va nomutaxassis kadrlari uchun yarim yillik o‘quv dasturlari asosida qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Bu haqda so‘z yuritar ekan, Prezidentimiz Janubiy Koreyaning Puchon universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim universitetini tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda yuqori malakali, oliy ma’lumotli kadrlarni rag‘batlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining oylik ish haqini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Imkoniyati cheklangan va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bog‘chalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlariga ham e’tibor qaratildi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbar va hokimlarning axborotlari tinglandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim – ertangi kunimizga zamin