Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Islom Karimov 11-noyabr kuni Oqsaroyda AO‘SP Raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11-noyabr kuni Oqsaroyda Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining (AO‘SP) navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AO‘SP Raisi Kerolin Lemmni qabul qildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11-noyabr kuni Oqsaroyda Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining (AO‘SP) navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AO‘SP Raisi Kerolin Lemmni qabul qildi.

AQShning yetakchi kompaniya va firmalari vakillari delegatsiyasining mamlakatimizga bu galgi tashrifi Amerika biznesining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganidan, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishidan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi 20-yildan ziyod vaqt davomida O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashib kelayotganini ta’kidladi.

4588.jpg

Ayni paytda ushbu nohukumat notijorat tashkilotga Amerikaning «Boing», «Jeneral Motorz», «Jeneral Elektrik», «Xaniuell», «Rio Tinto», «Seppelin», «Lokxid Martin», «Merk», «Uayt end Keys», «Solar Turbinz», «EfEmEn Interneshnl» kabi 17 yetakchi kompaniyasi a’zo.

O‘zbekiston bilan «Jeneral Motorz» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ushbu hamkorlik mamlakatimizning turli hududlarida amalga oshirilayotgan uch yirik loyihadan iborat. Bular – Andijon viloyatida avtomobillar, Toshkent viloyatida eng zamonaviy dvigatellar, Xorazm viloyatida avtomobillar ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini qamrab olgan loyihalardir.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi o‘n beshta zamonaviy «Boing» samolyotidan muvaffaqiyatli foydalanmoqda, ular barcha aviatashuvlarning yarmidan ko‘pini ta’minlayotir. Toshkent shahrida «O‘zbekiston Eyrveyz Tekniks» aviatsiya korxonasi bazasida samolyotlar konstruksiyasining yirik kompozit qismlarini ta’mirlash bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish, shuningdek, «Boing» samolyotlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kerolin Lemm davlatimiz rahbariga samimiy qabul va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda iqtisodiyot va investitsiyalar sohasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ham fikr almashildi.

Muzokara yakunida O‘zbekistonni global biznes sohasida yetakchi mamlakat sifatida rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun Prezident Islom Karimovga «Billur globus» taqdim etildi.