Prezident Islom Karimov Qozog‘istonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahriga keldi.
Ko‘kshetau, 15-oktabr. O‘zA maxsus muxbiri Anvar Boboyev xabar qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahriga keldi.
Prezidentimiz 16-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘ladigan Burabay shaharchasiga yo‘l oldi.
Avval xabar qilinganidek, davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.