O‘zA O`zbek

17.02.2018 12:42 Chop etish versiyasi

Prezident Buxoro shahar Yoshlar markaziga bordi

Prezident  Buxoro  shahar  Yoshlar  markaziga bordi
Бухоро viloyati aholisining 48 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularni sog‘lom va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Президентимиз Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifining ikkinchi kuni Buxoro shahar Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Markaz to‘garaklarida olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdi.

0e89c092-86d2-fe09-ff25-b14151ab7488.jpg

Ўтган yili sobiq Madaniyat saroyining eski binosi kapital ta’mirlanib, Yoshlar markaziga aylantirildi. Uch qavatli zamonaviy binoda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda. 808 o‘rinli tomosha zali va 280 tomoshabinga mo‘ljallangan kinozal yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, jumladan, ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun juda qulay.

42d7180c-6eb0-6476-190f-0fbacef95d2e.jpg

Масканда ingliz va rus tillari, shaxmat-shashka, stol tennisi, yosh aktyorlar, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yoshlar turizmi, maktabgacha ta’lim, inklyuziv ta’lim, tasviriy san’at, tikuvchilik kabi 20 dan ziyod to‘garak, ruhshunos-maslahat markazi faoliyat ko‘rsatadi. 4000 kitob fondiga ega kutubxona yoshlar bilan doimo gavjum.
Ёшлар markazi yaqinida Buxoro davlat universiteti, San’at kolleji kabi qator bilim maskanlari joylashgan. Ushbu o‘quv yurtlari talaba va o‘quvchilari uchun Yoshlar markazi to‘garaklari va kutubxonadan foydalanishda katta qulaylik yaratildi.

534ba27f-7584-fc5a-eae6-1a0146e32a9b.jpg

Давлатимиз rahbariga Yoshlar markazida joriy yilda tashkil etiladigan yangi to‘garaklar, istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi.

-Энг yaxshi fazilatlar kitobda mujassam. Biz yoshlarimizni bilimli, yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashni istasak, ularni kitobga mehr ruhida voyaga yetkazishimiz, turli kasblarga o‘rgatishimiz kerak, - dedi Prezidentimiz.

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA
17 381