Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.09.2017 21:48 Chop etish versiyasi

Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari delegatsiyasi tashrifi

2017-yil 18-sentabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari shtablar boshliqlarining Birlashgan qo‘mitasi raisi, general Zubayr Mahmud Hayot boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov general Zubayr Mahmud Hayotni qabul qildi. Shuningdek, mamlakatimiz mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov mehmonlar bilan uchrashdi.

Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va ikki tomonlama harbiy hamkorlikning bugungi holati, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Pokiston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi va institut faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif dasturida Buxoro va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish va qabriga gul qo‘yish ko‘zda tutilgan.

O‘zA
943






Все о погоде - Pogoda.uz