O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 17-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Pokiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish mo‘ljallangan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston Bosh vaziri Toshkentga keldi