O‘zA O`zbek

27.09.2018 Chop etish versiyasi

ONLAYN: Senat yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

ONLAYN: Senat yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

Bugun, 2018 yil 27 sentyab, soat 10:00da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.

Majlisda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi N.Yoʻldoshev ochiq deb eʼlon qildi. 

Majlis kun tartibiga 21ta masala kiritilgan boʻlib, shundan 14tasi qonunlardir. Ular orasida “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisida”gi kabi yangi qonunlar ham bor.

Majlis davomida 2018 yilgi Davlat byudjeti xarajatlariga, Oliy sud tarkibiga oʻzgartirish kiritilishi kutilmoqda. 

Majlisda qishloq xoʻjaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – moliya vaziri J.Qoʻchqorovga parlament soʻrovi yuborish haqida, Prezidentimizning 2017 yil 20 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimovning axborotini eshitishga oid masalalar ham kun tartibidan joy olgan. 

Majlisda koʻrib chiqiladigan barcha masalalar mohiyati haqida batafsil maʼlumot berib boramiz. Saytimizni kuzatib boring!

2 684
Norgul Abduraimova, OʻzA