O‘zA O`zbek

28.09.2018 Chop etish versiyasi

Onlayn: Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi “Zafarobod” qoʻrgʻoni Navoiy viloyatining Konimex tumaniga oʻtkazildi

Onlayn: Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi “Zafarobod” qoʻrgʻoni Navoiy viloyatining Konimex tumaniga oʻtkazildi

Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdilar.

Davlatimiz rahbari joriy yil 2 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida viloyatning salohiyatini har tomonlama yuksaltirishga qaratilgan qator yangi gʻoyalar ilgari surildi. Hudud masʼullarga tegishli koʻrsatmalar, vazifalar bergan edi. Jumladan, Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi “Zafarobod” qoʻrgʻonini Navoiy viloyatining Konimex tumani hududiga qoʻshib berish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Hududdagi “Zafarobod” qoʻrgʻonida bugungi kunda 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Qoʻrgʻonda 31 koʻp qavatli uy, 1 maktabgacha taʼlim muassasasi, 2 umumtaʼlim maktabi, 1tibbiyot muassasasi va boshqa qator tashkilotlar ishlab turibdi. Shunga qaramasdan bugungi kunda “Zafarobod”da oʻz yechimini kutayotgan ayrim masalalar mavjud.

Jumladan, “Zafarobod” qoʻrgʻonidan Gʻijduvon tumani markazigacha boʻlgan masofa 80 kilometrni tashkil qiladi. Bu esa, aholining tez tibbiy yordam va maʼmuriy idoralar xizmatidan foydalanish, ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishida noqulaylik tugʻdirmoqda. Zafarobodlik kishi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Gʻijduvon tumani markazigacha kamida 80 kilometr masofani bosib oʻtishi kerak. Bunga qariyb 2 soat vaqt ketadi. Bundan tashqari, qoʻrgʻonda 48 km ichimlik suvi, 26 km tabiiy gaz, 64 km elektr tarmoqlari, 5 km markazlashgan issiqlik tarmoqlari mavjud boʻlib, ularni modernizatsiya qilish va taʼmirlash ishlari ham Navoiy 
kon-metallurgiya kombinati mablagʻlari hisobidan amalga oshirib kelinmoqda. Shuni inobatga olib hamda korxonaning Navoiy viloyatida joylashganligidan kelib chiqib“Zafarobod” qoʻrgʻonini viloyatning Konimex tumani tarkibiga oʻtkazish haqida Senat qarori qabul qilindi.

2 746
A.Musayev, OʻzA