O‘zA O`zbek

16.05.2018 20:30 Chop etish versiyasi

ONLAYN: AQSH —O‘zbekiston: Prezidentlar uchrashuvi oldidan reportaj

ONLAYN: AQSH —O‘zbekiston: Prezidentlar uchrashuvi oldidan reportaj Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Oq uyda Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp o‘rtasida muzokoralar boshlanadi. Avvaliga Prezidentlarning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. So‘ng kengaytirilgan tarkibda muzokoralar o‘tkaziladi.

Ayni damda “Amerika Ovozi” uchrashuvga tayyorgarlik jarayonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish qilmoqda. Tayyorgarlik jiddiy bo‘lgani ko‘rinib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komiljon Allamjonov “Amerika ovozi”ga intervyu berar ekan, uchrashuvlar avval rejalashtirilgan tartibda bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.

Vashingtonda yog‘ayotgan yomg‘ir tindi...

Eslatib o‘tamiz, www.uza.uz sayti “Amerika ovozi” teleradiosi materiallariga asosida Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp o‘rtasida muzokoralarni onlayn tarzda yoritib borishni rejalashtirgan.



O‘zA
5 668