O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2016-yil 4-dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining sobiq a’zosi Jim Moran bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S.Safoyev bilan suhbat chog‘ida AQSh bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro ishonch va manfaatdorlik hamda ochiq muloqotga asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida ko‘plab sohalarda, xususan, ilm-fan, iqtisodiyot, tibbiyot, madaniyat va ta’lim, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

– O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni yuksaltirish va demokratiyani rivojlantirish borasida olib borilayotgan oqilona siyosatni yuqori baholaymiz, – deydi Jim Moran. – Yurtingizda adolatli, ochiqlik asosida o‘tayotgan saylov jarayoniga havas qilsa arziydi. Saylov uchastkalaridagi ko‘tarinki kayfiyat, saylovchilar uchun yaratilgan qulaylik, sharqona odob, yuksak madaniyat va hurmat asosida olib borilayotgan saylov jarayonlari bizda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekistonda uyushqoqlik bilan o‘tayotgan ushbu siyosiy jarayonni butun dunyo kuzatib turibdi. Bu bilan o‘zbek xalqi har qancha faxrlansa arziydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis Senatida uchrashuv