Belgiya Qirolligi parlamenti Vakillar palatasi raisi Zigfrid Brake rahbarligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Belgiya hamkorligi izchil taraqqiy etayotgani, o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Belgiya parlamenti vakillari O‘zbekistonga, mamlakatimiz qonun ijodkorlari Belgiyaga tashrif buyurib, muntazam fikr va tajriba almashmoqda.

Belgiya delegatsiyasi a’zolari mamlakatimiz Oliy Majlisi Senati faoliyati bilan tanishtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning huquqiy asosini mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. O‘zaro tajriba almashuvni faollashtirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Belgiya delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ham muzokara o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis Senatida uchrashuv