O‘zA O`zbek

27.09.2018 Chop etish versiyasi

Odil sudlov samaradorligi ortadi (Onlayn)

Odil sudlov samaradorligi ortadi (Onlayn)

Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi davom etmoqda.

Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni maʼqullandi. 

Qonun bilan sudlov hayʼatlari va quyi turuvchi sudlar faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishda Oliy sud raisi oʻrinbosarlarining – tegishli sudlov hayʼatlari raislarining javobgarligi kuchaytirilmoqda. Shu maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning 27-moddasiga oʻzgartishlar kiritilmoqda. Unga koʻra, mazkur shaxslar Oliy sudning tegishli sudlov hayʼatlariga rahbarlik qilish bilan birga tegishli sudlov hayʼatining sud majlislarida raislik qiladi, quyi turuvchi sudlar faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashadi. 

Sud va quyi sudlar faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishda viloyat sudi va unga tenglashtirilgan sud raislari, ularning oʻrinbosarlarining masʼuliyati ham kuchaytirilmoqda. 

Sudlar faoliyatida zamonaviy axborot-qommunikatsiya texnologiyalari keng qoʻllanilishini taʼminlash, shuningdek, sudyalar oʻrtasida ishlarni toʻgʻri va bir xil taqsimlash maqsadida qiritilayotgan oʻzgartish sud ishlarini avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlashga qaratilgan.

2 098
A.Musayev, OʻzA