Oʻzbekston delegatsiyasi Belgiyada: muzokaralar samarali boʻldi
Joriy yil 23-25 sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov rahbarligidagi delegatsiya Belgiyada boʻldi.
Joriy yil 23-25 sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov rahbarligidagi delegatsiya Belgiyada boʻldi.Tashrif doirasida Yevropa tashqi faoliyat xizmati, Yevroparlament va Belgiya Qirolligi parlamentida muzokaralar oʻtkazildi. Yevroparlament, Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti va Janubiy Osiyo demokratiya forumida davra suhbatlari boʻlib oʻtdi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamliislohotlar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo boʻyicha yuritayotgan mintaqaviy siyosati, yurtimizning tashqi siyosatidagi tamoyillar va ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi. Oʻzbekiston – Belgiya munosabatlarining bugungi holati, Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidanfikr almashildi.
Yevropalik hamkorlar mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida yuz berayotgan jadal oʻzgarishlarga yuksak baho berdi. Oʻzbekiston hukumatining qonun, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari toʻliq qoʻllab-quvvatlanishi qayd etildi. Belgiyalik siyosatshunoslarning soʻzlariga koʻra, qisqa vaqt ichida yurtimizda demokratlashtirish sohasida ulkan natijalarga erishilgan, joylarda Prezident qabulxonalarini tashkil etish orqali davlat bilan xalq oʻrtasida samarali muloqot oʻrnatilgan, parlamentda dolzarb masalalar boʻyicha tinglovlar tashkil qilish mexanizmi joriy etilgan, fuqarolarning diniy huquqlari taʼminlanmoqda va ayni paytda aholi oʻrtasida radikallashuvga barham berilmoqda.
Hukumatimiz saʼy-harakati bilan mamlakatimizda ishbilarmonlik muhiti sezilarli darajada yaxshilandi, milliy iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish va liberallashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi, kichik va oʻrta biznes faol rivojlanmoqda. Oʻzbekistonda yuqori oʻsish surʼatlari kuzatilmoqda, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Bu esa xalqning davlatga va olib borilayotgan islohotlarga ishonchini mustahkamlamoqda.
Yevropa vakillarida Oʻzbekistonning elatlar va dinlararo totuvlikni taʼminlash borasidagi tajribasi alohida qiziqish uygʻotdi. Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan islom olami mutafakkirlarining boy maʼnaviy merosini ommalashtirish, islom dinining aslmazmun-mohiyatini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha Oʻzbekiston tashabbuslarining dolzarbligi alohida qayd etildi. Tobora avj olayotgan radikalizm va ekstremizm tahdidlari Oʻzbekiston tajribasini oʻrganish, uni Belgiya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida tatbiq etish foydadan xoli boʻlmasligini koʻrsatmoqda.
Yevropa vakillarining fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev yuritayotgan tashqi siyosat Markaziy Osiyoda ishonch muhitini shakllantirish, mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni rivojlantirishda muhim omil boʻlmoqda.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha Maxsus vakili P.Burianning taʼkidlashicha, bir necha yil oldin mintaqa mamlakatlari oʻrtasida faol hamkorlikni tasavvur ham qilish qiyin edi. Hozirgi tendensiya Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish tarafdori hisoblangan Yevropa Ittifoqining manfaatlariga toʻla mos keladi.
Ayni paytda P.Burian Yevropa Ittifoqining suv resurslaridan unumli foydalanish va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi faoliyati samaradorligini oshirish borasida Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam koʻrsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Davra suhbatida qayd etilganidek, Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga Afgʻonistonni jalb qilish boʻyicha saʼy-harakatlarini maʼqullaydi. Bryussel mazkur yoʻnalishda Toshkent bilan hamkorlikdan manfaatdor.
Yevropa vakillari Harakatlar strategiyasi Oʻzbekiston – Yevropa munosabatlarini strategik sheriklikning yangi bosqichiga olib chiqish uchun ulkan imkoniyat ekanini alohida qayd etdi. Ularning taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha Strategiyasi hamda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini yangilash bu borada muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Yevropalik vakillarning fikricha, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi iqtisodiy xarakterga ega hujjat boʻladi va u qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro meʼyorlar va standartlarni qoʻllash, Oʻzbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni koʻzda tutadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatimiz mahsulotlarining Yevropa bozoridagi oʻrnini kengaytirishga tayyor ekani qayd etildi.
Uchrashuvlar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar boʻyicha axborot-tahlil markazi bilan Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti hamda Janubiy Osiyo demokratik forumi oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha muntazam ravishda ekspert muhokamalari oʻtkazish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.