O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Evropa parlamenti delegatsiyasi rahbariga mamlakatimizda 2014-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovi natijalari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari, fraksiyalari va deputatlik guruhlari faoliyati haqida so‘zlab berildi.

– O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli va samarali hamkorligimiz uchun mustahkam asos yaratilgan, – dedi I.Grigule. – Bugungi muloqotda navbatdagi parlamentlararo uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejasini belgilab oldik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishga doir masalalar muhokama etildi.

Tomonlar parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishning joriy bosqichini yuqori baholashini ta’kidladi va o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr hamda axborot almashish jarayonini yanada faollashtirishga kelishib oldi.

Evropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi I.Grigule O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ham uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi parlamentlari a’zolari uchrashdi