O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini tabrikladilar.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning qutlovida bunday deyiladi: “Turkiya Respublikasi va qardosh O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini va qardosh O‘zbekiston xalqini shaxsan o‘z nomimdan va Turkiya xalqi nomidan samimiy tabriklayman va ezgu istaklarimni yo‘llayman".

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 2016-yil 18-noyabrda Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida o‘zaro munosabatlarni kengaytirish borasida hamkorlikda ishlash to‘g‘risida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishiga ishonch bildirgan, Turkiya mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi yo‘lidagi hamkorlikni o‘zaro ishonchli asosda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro miqyosda rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlovida "1992-yilning mart oyida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan so‘ng qisqa vaqtda, ya’ni o‘sha yilning aprel oyida Toshkent shahrida Turkiya Respublikasi elchixonasi ochilgan"ini alohida ta’kidlagan.

Davlatimiz rahbarining tabrigida bunday deyiladi: "O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining shu yil 26-fevral – 2-mart kunlari Turkiyaga tashrifi o‘zaro kelishuvlarimizning mantiqiy davomi bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, mening vakilim bilan uchrashganingiz va alohida hurmat ko‘rsatganingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman".

Prezidentimiz O‘zbekiston bilan Turkiya siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, harbiy-texnik, sayyohlik, logistika va boshqa sohalarda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan va bir-birini to‘ldiradigan ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etgan. Shu nuqtai nazardan hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan keng ko‘lamli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar