Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 13:50 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi Ko‘ksaroy qarorgohida 16-sentabr kuni mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qozog‘istonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Anvar Samadov, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA
2 635






Все о погоде - Pogoda.uz