O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi «Caspian Food» shirkatiga tashrif buyurdilar
«Caspian Food» mas’uliyati cheklangan shirkatiga tashrif chog‘ida Prezidentlarga korxonaning uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
«Caspian Food» mas’uliyati cheklangan shirkatiga tashrif chog‘ida Prezidentlarga korxonaning uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.Davlat rahbarlari uzumni qabul qilish texnologik liniyasi, fermentatsiya jarayoni bilan tanishdilar, mahsulotlarni distillatsiyalash va qadoqlash sexini ko‘zdan kechirdilar.
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev tokzor va yong‘oqzorni borib ko‘rdilar.