16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi. 

Davlatimiz rahbarining nutqida davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy ta’siriga, jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari sekinlashganligiga hamda jahonning ko‘plab mamlakatlarida stagnatsiya va retsessiya jarayonlari chuqurlashganligiga qaramay, O‘zbekistonda 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari aniq maqsadni ko‘zlab va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishning barqaror yuqori sur’atlariga erishilganligi qayd etildi. 

2014-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi – 6,9 foizga, kapital qurilish hajmi – 10,9 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 14,3 foizga o‘sdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor tovarlar tashkil etdi. 

Inflatsiya darajasi 6,1 foizni tashkil etdi, bu prognozdagidan ancha pastdir. Davlat byudjeti, soliq yuki 20,5 foizdan 20,0 foizgacha kamaygani va foydadan olinadigan soliq stavkasi 9 foizdan 8 foizgacha pasaygani holda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etildi.

Bank tizimini qayta isloh qilish va mustahkamlash 2014-yilda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasini 12 foizdan 10 foizgacha pasaytirish va tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz stavkasini tegishlicha kamaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Oxirgi yillar davomida yetakchi xalqaro reyting agentliklari O‘zbekistonning bank tizimi faoliyatini "barqaror" deb baholamoqda.

Ishlab chiqarish, ijtimoiy, yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini ko‘lamli modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha chuqur o‘ylangan faol investitsiya siyosati amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotga investitsiya qo‘yish hajmi 10,9 foizga o‘sdi va ekvivalentda 14,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bunda barcha kapital qo‘yilmalarning 21,2 foizidan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil etdi, ularning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Barcha investitsiyalarning 73 foizidan ortig‘i ishlab chiqarish qurilishiga yo‘naltirildi. Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan umumiy qiymati 4,2 milliard dollarlik 154 ta yirik obyekt foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizning mahsulotlarni eksport qiluvchi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish davom ettirildi. Natijada tashqi savdo balansi 180 million AQSh dollari miqdoridagi ijobiy saldo bilan belgilandi, oltin-valyuta zaxiralari 1,6 milliard AQSh dollariga o‘sdi. 

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, biznesni tashkil etishda "bir darcha" tamoyilini joriy etish, kichik biznes subyektlari tomonidan statistika va soliq hisobotlari taqdim etilishi mexanizmini soddalashtirish, xususiy tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanishini ancha kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada yalpi ichki mahsulotda kichik biznesning ulushi 2000-yildan boshlanadigan davrda 31 foizdan 56 foizgacha, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda esa – 12,9 foizdan 31,1 foizgacha o‘sdi. 

Yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar ulushi 53 foizdan 54 foizgacha ko‘paydi. Yuqori texnologik xizmatlar jumlasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari eng jadal rivojlanmoqda, bunday xizmatlar oxirgi besh yilda 3,3 baravar, o‘tgan yilda esa 24,5 foizga o‘sdi. 

Iqtisodiyotning tadrijiy va mutanosib rivojlanishi aholi hayoti darajasi va sifati izchil oshishi uchun mustahkam negiz yaratdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar o‘tgan yili 23,2 foizga o‘sdi. Aholi jon boshiga real daromadlar 10,2 foizga ko‘paydi. 2014-yilda qariyb 1 million ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 60 foizi qishloq joylardadir, ta’lim muassasalarining 600 mingdan ortiq bitiruvchilari ishga joylashtirildi. 

Mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzasida hal etilmagan mavjud muammolarni to‘liq va har tomonlama tahlil qildi hamda 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarini bajarish bo‘yicha dasturiy vazifalarga batafsil to‘xtaldi. Hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va barcha darajalardagi hokimliklar oldiga iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini bundan keyin ham saqlab qolishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni kengaytirishga va sanoatning yetakchi tarmoqlarini faol diversifikatsiyalashga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zarur chora-tadbirlarni ko‘rish vazifalari qo‘yildi. Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini strategik va iqtisodiy asoslangan o‘lchamlargacha qisqartirish, korporativ boshqaruv tizimida tamoyillar va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, xususiy mulkdorlik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, to‘liq erkinlik berish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, uning hayoti darajasi va sifati o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.

Bu yil Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu yilga mo‘ljallangan maqsadlar va vazifalarga erishish, shu jumladan, keksa avlod odamlariga, eng avvalo, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga zarur darajada e’tibor berish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ehtiyojmandlarni reabilitatsiyaning qo‘shimcha va texnik vositalari bilan ta’minlash, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashga alohida e’tibor berildi. 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlari va viloyatlar hokimlari so‘zga chiqdi. Respublika hukumati majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta’minlashga oid amaliy chora-tadbirlar belgilangan qaror qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot