Joriy yilning 3-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasida 2018-yilning kutilayotgan yakunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi, Davlat byudjeti loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, iqtisodiyot sohalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan choralar joriy yil uchun belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlab berayotgani taʼkidlandi.

Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi erkinligini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek, agrar sektorni isloh qilish va valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha qabul qilingan tadbirlar natijasida 2018-yil yakunlariga koʻra, Davlat byudjetiga daromad tushumlari prognoz koʻrsatkichlarining oshirib bajarilishi kutilmoqda.

Davlat byudjeti parametrlarining daromad qismi prognoz koʻrsatkichlari oshirib bajarilishi xarajatlarni koʻpaytirishga, jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat va ijtimoiy soha boshqa yoʻnalishlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy sohadagi davlat dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirishga imkon yaratdi.

2018-yilda respublika byudjetidan arzon uy-joylar qurilishini tijoratbanklarining kredit liniyalari orqali moliyalashtirishga 3,8 trillion soʻm, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga 1 527,6 milliard soʻm, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturiga 500 milliard soʻm, shuningdek, yangi tashkil etilgan Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga 300 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltirildi.

Mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarini shakllantirish uchun qariyb 4,5 trillion soʻm yoʻnaltirildi.

Yigʻilishda kelgusi yillar uchun ishlab chiqilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar parametrlari boʻyicha yondashuv va takliflar har tomonlama muhokama etildi.

2019-yildan boshlab Davlat byudjetini prognoz yil uchun va byudjet moʻljallarini kelgusi ikki yil uchun tasdiqlash orqali byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish mexanizmi joriy etilayotgani taʼkidlandi.

Soliq va byudjet siyosatini takomillashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash, aholi turmush darajasini oshirish, aholining muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning manzilliligini oshirishga qaratilgan tizimni yaratish, ish haqi va boshqa toʻlovlarning inflyatsiyaga taʼsirini baholash asosida tabaqalashtirilgan holda oshirish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni 2019-yilda ham davom ettirish koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoni bilan tasdiqlangan soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlari doirasida 2019-yildan eʼtiboran:

1) ish haqi fondiga soliq yuki quyidagicha kamaytirilmoqda:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasining 12 foiz miqdorida oʻrnatilishi va fuqarolarning majburiy sugʻurta badallarining (ish haqidan 8 foiz) bekor qilinishi natijasida “qoʻlga” tegadigan ish haqi miqdori oʻrtacha 6,5 foizga oshadi;

ish haqi fondidan yagona ijtimoiy toʻlov miqdori 12 foizgacha pasaytirilmoqda;

2) davlat maqsadli jamgʻarmalariga aylanmadan (oborotdan) 3,2 foiz miqdorida undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinmoqda;

3) yuridik shaxslarning foyda soligʻi stavkalari 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha, dividend va foiz koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha toʻlov manbaidan soliq – 10 foizdan 5 foizgacha, yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi – 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirilmoqda.

Mazkur choralar natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar ixtiyorida qariyb 10 trillion soʻm mablagʻ qoladi.

Ushbu choralar bilan bir qatorda yigʻilish qatnashchilari tomonidan resurslardan oqilona foydalanish va byudjetga tushumlarning toʻliqligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan soliq siyosatini takomillashtirish sohasidagi qoʻshimcha takliflar atroflicha koʻrib chiqildi, jumladan:

mutlaq miqdorlarda belgilangan soliq stavkalarini indeksatsiya qilish (yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, aksiz soligʻi);

sigareta uchun aksiz soligʻi boʻyicha qatʼiy belgilangan stavka bilan bir qatorda advalor stavkasini joriy etish;

yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari va mehnat faoliyatining hisobi yuritilishi murakkab boʻlgan shaxslar uchun fuqarolarning sugʻurta badallari oʻrniga yagona ijtimoiy toʻlovlarni joriy etish (sugʻurta badallarining bekor qilinishi sababli);

ayrim turdagi foydali qazilmalar (qum, ohak, shagʻal va boshqalar) uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha mutlaq miqdorlarda qatʼiy belgilangan eng kam stavkalarni kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarida qabul qilingan davlat dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz hududlariga qilgan tashriflari yakunlari boʻyicha bergan topshiriqlari, shuningdek, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar nazarda tutilgan.

Oldingi yillar kabi 2019-yilda ham ustuvor yoʻnalish sifatida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari (Davlat byudjeti jami xarajatlarining 54 foizi) saqlab qolinmoqda. Shuningdek, ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini oshirish, shu jumladan, 2019-yil 1-yanvardan:

umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va rahbarlari ish haqlarini 10 foizga, malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarning ish haqlarini esa tabaqalashgan holda 15 foizdan 25 foizgacha;

mehnatiga kam haq toʻlanadigan byudjet sohasida ishlovchi xodimlar ish haqlarini 5 foizdan 15 foizgacha oshirish koʻzda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan choralar byudjet sohasida mehnat qilayotgan 360 mingdan ortiq xodimlarni qamrab olishi aytib oʻtildi. Misol uchun, byudjet tashkilotining eng past oylik oluvchi texnik xodimlarining ish haqlari, ustama va qoʻshimchalardan tashqari, 502 ming soʻmdan 577 ming soʻmgacha oshiriladi.

2019-yilgi byudjetda oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari hamda ularning rahbarlari ish haqlarini 1,5 barobarga, davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining ish haqlarini oʻrtacha 26,5 foizga (2018-yilning 1-dekabridan 20 foizga oshirilishiga qoʻshimcha ravishda) oshirish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, byudjet sohasida ishlovchi xodimlarning ish haqlarini inflyatsiya darajasidan kam boʻlmagan miqdorda oshirish hamda ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishga moʻljallangan mablagʻlarni 20 foizga oshirish hisobga olingan.

Investitsiya xarajatlari 11,9 trillion soʻm miqdorida rejalashtirilmoqda. Ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan strategik muhim loyihalarni, shu jumladan, ichimlik suvi taʼminoti, suv xoʻjaligi obyektlarini, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini hamda taʼlim va tibbiy-ijtimoiy muassasalarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, yigʻilishda 2019-yilda 12 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilayotgan sogʻliqni saqlash sohasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, tibbiyot muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida qariyb 1 trillion soʻm, sogʻliqni saqlash sohasidagi asosiy dasturlarni amalga oshirish uchun 661,5 milliard soʻm, zamonaviy diagnostika, laboratoriya va davolash uskunalari bilan jihozlashga 58 milliard soʻm mablagʻ ajratilmoqda.

Yagona ijtimoiy toʻlov miqdorining pasaytirilishi va fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari va aylanmadan (oborotdan) toʻlanadigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining taqchilligini qoplash hamda pensiya va nafaqalarning oʻz vaqtida soʻzsiz toʻlanishini taʼminlash maqsadida 4,7 trillion soʻm miqdoridagi subsidiya byudjet xarajatlarida koʻzda tutilgan.

Arzon uy-joylar qurish boʻyicha dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etadigan banklarga kredit liniyalari ochish xarajatlariga 3 trillion soʻm miqdorida mablagʻlar rejalashtirilmoqda.

Byudjet jarayonining shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligiga joriy yilning 15-noyabriga qadar “Fuqarolar uchun byudjet“ loyihasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish uchun vazirlikning rasmiy saytiga joylashtirish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish yuzasidan topshiriq berildi.

Muhokamalar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, vazirlik va idoralar rahbarlarining kun tartibidagi masalalar boʻyicha hisobotlari eshitildi.

Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va ijrochi organlar rahbarlariga byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish, byudjet daromadlarining oʻz vaqtida va toʻliq tushumini taʼminlash, hududlardagi davlat soliq va moliya organlari boʻlimlariga byudjet daromadlari bazasini kengaytirish va qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Muhokamalar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi, soliq va byudjet konsepsiyasi, Davlat byudjeti loyihasi va 2020-2021yillar uchun moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlarini maʼqullash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisi toʻgʻrisida axborot