15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligiga qaramay, 2015-yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha har tomonlama puxta Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o‘sishining barqaror va yuqori sur’atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi.

Nufuzli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy markazlar tomonidan yuqori baholanayotgan yutuqlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari butun jahonda “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilib, bu tanlangan rivojlanish strategiyasining yuqori samaradorligi va muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqlagani alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq O‘zbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017-yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan.

2015-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8 foizga,
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo ta’minlandi. Inflatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi.

Mulkchilik tarkibini tubdan o‘zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinsiplari va yondashuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi.

Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning kafolatlarini kuchaytirish va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatadigan Yagona markazlar orqali tashkil etish va amalga oshirishni soddalashtirish va yengillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning turkumi qabul qilindi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56,7 foizga yetdi yoki 2000-yil bilan taqqoslaganda 1,8 baravar o‘sdi.

Tarkibiy o‘zgartirishlar, tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar va investitsiya loyihalarining faol amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi 15,8 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2014-yildagiga qaraganda 9,5 foiz ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilishini ta’minladi. Bunda barcha investitsiyalarning 3,3 milliard dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tarmoqlar jadal rivojlanishga ega bo‘ldi. 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi.

Agrar sektorda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar yuz bermoqda. Mo‘l hosil – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla va 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetishtirildi va yig‘ib olindi. Meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik, shuningdek, ularning mahsulotlarini sanoat yo‘li bilan qayta ishlash jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.

Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi ta’minlandi. Pullik xizmatlar hajmi 10,8 foizga, chakana tovar aylanmasi 15 foizdan ziyodga o‘sdi. Yalpi ichki mahsulotda xizmatlar sohasi ulushi 2010-yildagi 49 foiz o‘rniga 54,5 foizga yetdi.

Bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuvi darajasini oshirish va investitsiya faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining umumiy kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foizga ko‘paydi va 7,8 trillion so‘mga yetdi.

Iqtisodiyotning va xizmatlar sohasining barqaror yuqori o‘sish sur’atlari aholi daromadlarini, insonlar turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkam asos yaratdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori 21,9 foizga, aholi jon boshiga jami real daromadlar esa 9,6 foizga oshdi. Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar ulushi 2010-yildagi 47,1 foizga qaraganda 52 foizga oshdi. 980 mingtadan ortiq ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 60 foizdan ziyodi qishloq joylardadir, kasb-hunar kollejlarining 480 mingdan ortiq bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining barcha tadbirlarini amalga oshirish ta’minlandi. Davlat dasturi tadbirlarini moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 2 trillion 246 milliard so‘m va 225 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzasida mavjud hal etilmagan muammolarni batafsil va har tomonlama tahlil qilishga alohida e’tiborni qaratdi hamda islohotlarni davom ettirish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning dasturiy vazifalariga, shuningdek, uning 2016-yilda eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga boshlab yuborilgan tizimli demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirishni davom ettirishga, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni ildam rivojlantirish va manfaatini himoyalashga, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini, ijtimoiy sohani jadal rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, kichik biznes subyektlari va fermer xo‘jaliklarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda “Elektron hukumat” tizimini yaratishni tubdan tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi belgilandi.

Davlat, xo‘jalik boshqaruvi va joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining e’tibori iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, investitsiyalar kiritish va obyektlarni ishga tushirishning joriy yilga belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishish uchun barcha mavjud imkoniyatlar va zaxiralarni ishga tushirish, shuningdek, ishlab chiqarishni uzluksiz texnologik yangilash, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini muvozanatli hamda kompleks rivojlantirish zarurligiga qaratildi.

Bu yil Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu yil uchun mo‘ljallangan maqsadlar va vazifalarga erishish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni, shu jumladan, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini kuchaytirish, perinatal va skrining markazlari, patronaj xizmatlarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yosh onalar va bolalarni parvarish qilish darajasi va sifatini oshirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Majlisda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari hamda viloyatlar hokimlarining hisoboti eshitildi. Muhokama qilish yakunlari bo‘yicha 2016-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta’minlashga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan respublika Hukumati qarori qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi to‘g‘risida axborot