Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.01.2018 09:20 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarining oliy darajadagi “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qozog‘iston raisligi doirasida o‘tkazilgan BMT Xavfsizlik kengashining tadbirida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari nutq so‘zladi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turibdi.

O‘zA
8 688