Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar! Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 23-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar! 

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 23-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Mustaqil demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etish va rivojlantirish bo‘yicha biz bosib o‘tgan buyuk va shonli yo‘l milliy armiyamizning – yon-atrofimizdagi murakkab va tahlikali vaziyatda toblangan, Vatanimiz mustaqilligi, suvereniteti, uning hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotining hamisha ishonchli kafolati bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolayotganini necha bor isbotlab bergan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining shakllanishi bilan uzviy va chambarchas bog‘liq holda kechdi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Har qanday davlatning kuch-qudrati va imkoniyatlariga uning armiyasining jangovar qobiliyati va jangovar tayyorgarligiga qarab baho berilishi bejiz emas va bunday qarash mustahkam asosga egadir. 

Biz suveren O‘zbekistonning Qurolli Kuchlarini tashkil etish jarayonida harbiy qurilish sohasida meros bo‘lib qolgan tajribadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa ko‘chirishdan voz kechib, aniq va real geostrategik va geosiyosiy sharoitni, zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning qanday xususiyatlarga ega ekanini har tomonlama hisobga oldik, Markaziy Osiyo mintaqasida yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatrining o‘ziga xos jihatlari tahlilidan kelib chiqib ish tutdik va shuningdek, o‘zimizning azaliy milliy fazilat va an’analarimizga tayandik. 

Harbiy qurilish, qo‘shinlarning xizmat-jangovar faoliyatini tashkil etish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy harbiy san’at yutuqlarini chuqur o‘rganish va ulardan foydalanish asosida ishlab chiqilgan, bosqichma-bosqich va o‘zaro bog‘liq islohotlar dasturlarini samarali va izchil amalga oshirish armiyamizni tashkil etishning ko‘p jihatdan hal qiluvchi sharti va garovi bo‘ldi.

Shu ma’noda, xorijiy davlatlarning mudofaa idoralari bilan o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish bizning eng muhim ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Ana shunday xorijiy mudofaa idoralari bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlari o‘rnatilgan bo‘lib, bunday hamkorlik kengayib bormoqda, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik doirasidagi yillik rejalar amalga oshirilmoqda. 

Bizning Qurolli Kuchlar qurilishi borasidagi rejalarimizga muvofiq, harbiy qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va ularni eng yangi qurol-yarog‘ va texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyotlar, bronetank qurollari, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari, alohida va guruh bo‘lib himoyalanish vositalari bilan qayta qurollantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirmoqdamiz. 

Hech shubhasiz, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalangan holda, o‘quv jarayonlariga ta’limning innovatsion shakl va usullarini joriy etish orqali Qurolli Kuchlar akademiyasi, harbiy bilim yurtlari, serjantlar tayyorlash maktablarida harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini eng yangi metodlar asosida takomillashtirish borasidagi uzluksiz ishlarimiz dolzarb ahamiyatga egadir.

Shu ma’noda, ofitser va serjantlar tarkibining professional malakasini oshirishda yetakchi xorijiy davlatlar armiyalaridagi harbiy xizmatchilarni tayyorlash va ularning xizmat faoliyatini tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish hamda bu tizimni bizning sharoitimizga moslab joriy etish katta ijobiy rol o‘ynaganini qayd etish lozim.

Bu sohada amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlar tufayli mamlakatimiz ofitserlar tarkibi o‘zining dunyoqarashi, bilim va tajribasini doimiy ravishda kengaytirib, yuksak kasbiy malaka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lib bormoqda va o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishda nostandart yondashuvlarni faol qo‘llashga qodir bo‘lmoqda. Serjantlar so‘zda emas, amalda ofitserlarning eng ishonchli va yaqin yordamchisi hamda tayanchiga, askarlarimizning mehribon murabbiysiga aylandi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mudofaa qurilishi sohasida boshqaruv organlari va qo‘shinlarning operativ va jangovar tayyorgarlik tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari mustaqillikning birinchi yillarida o‘tkazilgan mashqlardan tubdan farq qiladi. Yildan-yilga jangovar sharoitlarga eng ko‘p darajada yaqinlashtirilgan holda o‘tkazilayotgan bunday o‘quv mashg‘ulotlari qo‘shinlar tayyorgarligining butun tizimini tanqidiy tahlil qilish, har bir batalon va vzvodning imkoniyatlarini, shuningdek, jangovar vazifalarni bajarishda tanlangan usullarning maqsadga muvofiqligi va mavjud vaziyatga aynan mos kelishini bo‘linmalarning bir-birining o‘rnini qay darajada bosa olishi va shaxsiy tarkibning o‘zaro yaqin bo‘lgan turdosh mutaxassisliklarni qanchalik puxta egallagani nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi.

Milliy armiyamizni shakllantirish va isloh qilish jarayonida to‘plangan tajribani barcha toifadagi harbiy xizmatchilar, chaqiriq yoshiga yetmagan o‘g‘lonlarimiz o‘rtasida har tomonlama targ‘ib qilish va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etishda keng qo‘llash faoliyatimizning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Armiyada xizmat qilish yosh avlodimiz uchun alohida ma’no-mazmunga ega bo‘lib, uning nufuzi tobora ortib bormoqda. Bunday xizmatning jozibadorligi faqat yaratib berilayotgan imtiyozlar va harbiy xizmatchilarning ijtimoiy va moddiy jihatdan yuqori darajada ta’minlangani bilangina bog‘liq emas, albatta. Bu, avvalambor, armiya yosh avlodimiz uchun haqiqatan ham mardlik va mustahkam irodani, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini, Vatanimizga sevgi va sadoqat hislarini tarbiyalaydigan hayot maktabiga aylangani bilan izohlanadi.

Mustaqillik yillarida har tomonlama tayyorgarlikka ega va armiyada chiniqish maktabini o‘tagan, har qanday fursatda Vatan himoyasi uchun tayyor bo‘lgan butun bir avlod voyaga yetdi va mustahkam oyoqqa turdi, deb g‘urur va iftixor bilan ta’kidlashimiz mumkin.

Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy-maishiy, yashash va xizmatni o‘tash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish alohida ahamiyatga molik vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z hayotini ushbu sharafli kasbga bag‘ishlagan har bir harbiy xizmatchi yaxshi bilishi shart: uning muammolari e’tiborsiz qolmaydi va oilasining tinchligi va farovonligi ishonchli ravishda kafolatlangan. 

Yurtimizda 2015-yilning Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilinishi bizdan urush qatnashchilari va Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularga har tomonlama g‘amxo‘rlik, chinakam insoniy mehr va e’tibor ko‘rsatishga qaratilgan hukumat qarorlari va davlat dasturlarini so‘zsiz bajarishni talab qiladi. 

Bugungi kunda ko‘plab muhtaram faxriylar va ustozlarimiz o‘zining noyob tajribasi, bilim va malakasini Vatan himoyachilarining yangi avlodiga o‘rgatib, mamlakatimizni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. 

Shuni unutmasligimiz kerakki, harbiy xizmatchilarning har jihatdan farovon hayoti – mamlakatimizda harbiy xizmatning nufuzi va obro‘-e’tibori naqadar yuksak ekanini namoyon etadigan eng yorqin ko‘rsatkichdir. 

Hurmatli vatandoshlar!

Bugungi kunda bizning yaqin va olis yon-atrofimizda vujudga kelayotgan vaziyatga baho berar ekanmiz, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarning ko‘lami kengayib borayotganini, ya’ni, paydo bo‘layotgan qarama-qarshiliklarni hal etishda kuch ishlatishga zo‘r berish ustunlik qilayotgani, xomashyo resurslari va kommunikatsiyalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha geosiyosiy raqobatning oshgani, yadro texnologiyalari va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, xalqaro terrorizm va ekstremizmning keng tarqalayotgan ekspansiyasining faollashuvi, millatlar va konfessiyalararo mojarolarning kuchayayotganini e’tirof etmaslik mumkin emas.

Dunyoning turli mintaqalarida vujudga kelayotgan xavf-xatar, nizo va ziddiyatlar hamda qarama-qarshiliklar tobora kuchayib borayotganini, ular tinch yo‘l bilan hal etilmasdan, aksincha, keskinlashayotganini afsus bilan tan olishga majburmiz. 

AYSAF deb nom olgan tinchlikparvar kuchlarning Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar uchun jiddiy sinovga aylanmoqda. Iroqdagi achchiq tajriba yaqqol ko‘rsatganidek, Afg‘onistonda yuzaga keladigan har qanday bo‘shliqni bu mintaqaning katta hududiga o‘zining vayronkor ta’sirini yoyishga qodir bo‘lgan turli buzg‘unchi va terrorchi guruhlar, fanatik kuchlar qisqa fursatda egallab olishi mumkin. 

Bugungi kunda noan’anaviy tahdidlar xalqaro mojarolarning qiyofasini butunlay o‘zgartirmoqda va informatsion-psixologik xurujlar sezilarli xavf-xatar tug‘dirmoqda. Ular armiyamizning negiziga putur yetkazish, avvalo, uning ma’naviy-axloqiy asoslariga ta’sir o‘tkazishga urinish va shuningdek, zamonaviy internet texnologiyalardan foydalanish orqali bizning bunyodkorlik ruhidagi boy madaniyatimiz, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga mutlaqo zid bo‘lgan buzg‘unchi g‘oya va tushunchalarni yoshlarimizning ongu tafakkuriga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir.

Shuning uchun mintaqamizda va butun dunyoda murakkab va oldindan aytib bo‘lmaydigan vaziyat vujudga kelgan bir sharoitda hushyor va ogoh bo‘lish, erishilgan natijalardan xotirjamlik tuyg‘usiga berilmaslik, Qurolli Kuchlarimizni yanada izchil isloh qilish bo‘yicha qat’iy sa’y-harakatlarimizni davom ettirish, chegaralarimizda keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan barcha urinishlarning oldini olish borasida milliy armiyamizning tayyorgarligini kuchaytirish, biz tanlab olgan taraqqiyot yo‘liga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzkor harakatlarga o‘z vaqtida va munosib zarba berish o‘ta muhim, deb hisoblayman.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tinchliksevar siyosatiga hamisha sodiq bo‘lib kelganini va shunday bo‘lib qolishini yana bir bor ta’kidlash zarur. Bizning Harbiy doktrinamiz mudofaa xususiyatiga ega bo‘lib, Qurolli Kuchlarimizni mustahkamlash, birinchi navbatda, davlat suvereniteti va mamlakatimiz hududiy yaxlitligini, odamlarimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishga yo‘naltirilgandir. Mamlakatimiz Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, bizning armiyamiz O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi harbiy harakatlar va operatsiyalarda ishtirok etmaydi.

Qadrli do‘stlar! 

Mana shu qutlug‘ bayram ayyomida siz, azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23-yilligi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barcha harbiy xizmatchilar – askar va serjantlar, ofitser va generallarga, shuningdek, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga, mutaxassis fuqarolarga, o‘z taqdirini ona Vatanimizni himoya qilishdek muqaddas, sharafli va mas’uliyatli burchni ado etishga bag‘ishlagan barcha-barcha insonlarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Yangi – 2015-yilda barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt va omad yor bo‘lsin!

Islom Karimov, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi