O‘zA O`zbek

10.09.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Prezident maktabi faxriy mehmonlari kitobiga yozgan dastxati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Prezident maktabi faxriy mehmonlari kitobiga yozgan dastxati

" ...Yangi Oʻzbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga koʻtarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, oʻz Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorugʻ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz.

Ana shunday salohiyatli va barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikamizning har bir hududida mutlaqo zamonaviy shakldagi taʼlim muassasalari – Prezident maktablarini tashkil etdik.

Men ishonaman, bu maskanlar jonajon Oʻzbekistonimizning ertangi taqdirini oʻz qoʻliga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda gʻolib boʻlishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Fargʻoniylar, Beruniylar, Ulugʻbeklarni tarbiyalab yetishtiradi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Prezident maktabi xalqimizning ulugʻvor va olijanob orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishda barchaga namuna boʻlishiga tilakdoshman".

Oʻzbekiston Respublikasi
    Prezidenti                            Shavkat Mirziyoyev

3 333
O'zA