Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 19:06 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vazirini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzoqovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasida samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi aloqalar tufayli barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik faollashayotgani qayd etildi.

Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya qatnovi sohasida amaliy hamkorlik sezilari darajada kengayib, mintaqalar o‘rtasida sheriklik mustahkamlanmoqda, O‘zbekiston va Qozog‘istonda madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda.

rasmiy_5814.jpg

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning muhim va istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilangan. Xususan, suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz mudofaa mahkamalari o‘rtasida, jumladan, sanoat kooperatsiyasi va harbiy kadrlar tayyorlash sohasida samarali hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

S.Jasuzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon harbiy va harbiy-texnik sohada mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga Qozog‘iston tayyor va bundan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
3 440






Все о погоде - Pogoda.uz