O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2014-yil 19-20-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2014-yil 19-20-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboli muhokama etilib, O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqadilar.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilish, O‘zbekiston va Xitoyning turli sohalardagi hamkorligini izchil rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.