O‘zbekiston dehqonlari va fermerlari, barcha mehnatkashlariga tabriknoma
Qadrli do‘stlar!
Avvalo, siz, aziz dehqon va fermerlar, suvchi, agronom va mexanizatorlarni, barcha dala mehnatkashlarini g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini ado etganingiz bilan samimiy muborakbod etishni o‘zim uchun katta sharaf deb bilaman.
O‘z hayotini dunyodagi eng mashaqqatli va olijanob ishga bag‘ishlagan sizdek fidoyi insonlarning yil bo‘yi ter to‘kib qilgan mehnatingiz hisobidan joriy mavsumda 7 million 300 ming tonna g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ziyod paxta yetishtirishga, shuningdek, pillachilik, chorvachilik, meva-sabzavot va boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham belgilangan rejalarni muvaffaqiyatli bajarishga erishganimiz hammamizga katta xursandchilik yetkazadi.
Bugungi mana shunday quvonchli kunda 2015-yilning biz uchun har tomonlama xosiyatli va omadli kelgani, yo‘limizni o‘zi ochib berayotgani uchun avvalo Yaratganimizga shukronalar aytishimiz ham qarz, ham farz, deb bilaman.
Ayni vaqtda hammamiz yaxshi tushunamiz – dehqonchilikda oson yilning o‘zi bo‘lmaydi. Bu yilgi mavsum ham turli tashvishlardan xoli bo‘lmagani, ayniqsa, mart oyida kutilmaganda qor yog‘ishi, qattiq sovuqlar, yoz oylarida havo harorati ilgari hech qachon kuzatilmagan darajada yuqori bo‘lib, ayrim hududlarda 45 darajagacha yetgani katta qiyinchilik va muammolar tug‘dirib, qishloq mehnatkashlarining irodasini yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tkazgani barchamizga ma’lum.
Ko‘pni ko‘rgan, azmu shijoatli va matonatli dehqonlarimiz ana shunday qiyinchiliklarni mardona yengib, kunni – kun, tunni – tun demasdan, har tup ekin atrofida parvona bo‘lib, mo‘l hosil yetishtirishga erishgani, hech shubhasiz, har qanday tahsin va tasannoga munosibdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixiga yorqin sahifa bo‘lib kiradigan bu yilgi mavsumning yuksak natijalari haqida gapirar ekanmiz, buning zamirida avvalambor chuqur o‘ylangan, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar, agrar soha rivojini zamonaviy bosqichga ko‘tarish, fermerlik harakatiga keng yo‘l ochib berish bo‘yicha olib borayotgan strategik yo‘limiz mujassam ekanini ta’kidlash o‘rinlidir.
Bugungi kunda yer o‘zining haqiqiy egasini topib, fermerlik harakati qishloqlarimiz taraqqiyotida hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgani, dalada ishlaydigan har bir odamda o‘z mehnatidan manfaatdorlik hissiyoti kuchayib, ularning kelajakka ishonchi yanada mustahkam bo‘lib borayotgani – bularning barchasi nafaqat qishloq xo‘jaligini, balki butun hayotimizni tubdan o‘zgartirmoqda.
Barchamizga ayonki, boshqa sohalarga qaraganda o‘zining g‘oyat nozikligi, ko‘p mehnat, katta bilim va tajriba talab qilishi bilan ajralib turadigan paxtachilikda yuksak natijalarni qo‘lga kiritish oson emas.
Bu haqda gapirganda, yil davomida qishloq mehnatkashlarining ishni to‘g‘ri tashkil etib, yuksak safarbarlik va uyushqoqlik bilan belni qattiq bog‘lab mehnat qilgani, moddiy-texnik ta’minot, barcha agrotexnik tadbirlarni, xususan, chekanka va defoliatsiyani o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilganini alohida qayd etish zarur. Eng muhimi, yetishtirilgan paxta hosili g‘oyat qisqa muddatlarda – 35-40 ish kunida yig‘ib-terib olingani, uning 90 foizi yuqori sortlarga topshirilgani kamdan-kam uchraydigan hodisa, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi xursandchilik kunda shartnoma majburiyatlarini birinchilardan bo‘lib bajargan Andijon, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, barcha viloyatlarimizning paxtakorlari mamlakatimizning yuksak xirmonini bunyod etishga munosib hissa qo‘shganini mamnuniyat bilan e’tirof etamiz.
Shu borada Amudaryo, Qorao‘zak, Paxtaobod, Buloqboshi, Olot, Romitan, Do‘stlik, Mirishkor, Kasbi, Qiziltepa, Mingbuloq, Namangan, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Sirdaryo, Bo‘ka, Yuqorichirchiq, Beshariq, Yozyovon, Toshloq, Xiva, Yangiariq, Qo‘shko‘pir tumanlari 20-25 ish kunida rejani ado etib, ko‘pchilikka o‘rnak va namuna bo‘lganini alohida qayd etish lozim.
Ayniqsa, Ellikqal’a tumanidagi “Ro‘zimboy bobo”, Paxtaobod tumanidagi “Oltin”, Qorako‘l tumanidagi “Hosildor”, Mirzacho‘l tumanidagi “Baxtiyor Asad o‘g‘li”, Qarshi tumanidagi “Nuqrabod”, Mirishkor tumanidagi “Kamalak”, Navbahor tumanidagi “Yangi yer”, Mingbuloq tumanidagi “Baraka”, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Hosil”, Oqdaryo tumanidagi “Tojmahal Zarafshon”, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Saodat”, Sayxunobod tumanidagi “Qoratoy Mirzayev”, Yuqorichirchiq tumanidagi “Tangriberdi ota”, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod”, Quva tumanidagi “Oltin diyor, oq oltin”, Yangibozor tumanidagi “Begiobod Bo‘zqal’a”, Hazorasp tumanidagi “G‘afur Ruhiya” singari fermer xo‘jaliklari gektaridan 45-50 sentnerga yetkazib hosil olishga erishgani tahsinga sazovordir.
Joriy yilda qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, mavsumni yorug‘ yuz bilan yakunlayotganimiz to‘g‘risida gapirganda, albatta g‘allachilik haqida so‘z yuritishimiz tabiiydir. Bu tarmoqda yurtimizda misli ko‘rilmagan ulkan xirmon bunyod etgan, barchamizning rizqu nasibamiz, nonimizni butun qiladigan dehqon va fermerlarimiz, soha mutaxassislarining mardona mehnatiga qoyil qolib, ularga har qancha minnatdorlik bildirsak, arziydi, albatta.
Mamlakatimiz bo‘yicha g‘alla hosildorligi o‘rtacha 53 sentnerga yetgani, bu ko‘rsatkich Andijon viloyatida 71 sentner, Buxoro viloyatida 60 sentner, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 57 sentnerni, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 56 sentner, Farg‘ona viloyatida 55 sentner, Toshkent viloyatida 52 sentnerni tashkil etgani, ko‘pgina tumanlarda bu raqam 60-77 sentnerdan ziyod bo‘lgani, hech shubhasiz, qishloq xo‘jaligimiz tarixidagi ulkan natijadir.
Fermerlik harakati imkoniyatlaridan samarali foydalangan Uchko‘prik tumanidagi “Farovon hayot sari”, Oltiariq tumanidagi “Xayrulla Bahrom Boymatov”, Buvayda tumanidagi “Yoqubjon ota”, Romitan tumanidagi “Fayz-2000”, Qiziltepa tumanidagi “Nargiz diyor”, Xatirchi tumanidagi “Tursunov Kamoliddin”, Termiz tumanidagi “Surxon Sarvari”, Xo‘jayli tumanidagi “Odilbek”, Buxoro tumanidagi “Islom Narzi Obod”, Olot tumanidagi “Jumageldi”, Yakkabog‘ tumanidagi “Ulash hoji Jalil o‘g‘li”, Navbahor tumanidagi “Arslon bobo”, Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchqo‘rg‘on elita servis”, Payariq tumanidagi “Hazrat polvon Usmonov”, Denov tumanidagi “Ismoilova Mavluda G‘ulomovna” kabi o‘nlab, yuzlab fermer xo‘jaliklari 85-95, hatto 100 sentnerdan ham yuqori hosil olgani o‘zbek dehqonlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanining yana bir amaliy namoyonidir.
Haqiqatan ham, yaqin o‘tmishda chetdan kimlargadir yalinib, katta-katta mablag‘lar evaziga don olib keladigan, hatto bir hafta-o‘n kunga yetadigan un zaxirasi qolgan og‘ir kunlarni boshidan kechirgan O‘zbekiston bugungi kunda 31,5 milliondan ziyod aholisini nafaqat g‘alla bilan ta’minlayotgan, kerak bo‘lsa, uni eksport qilayotgan mamlakatga aylangani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Bu yil yetishtirilgan g‘alla hosilining 57 foizdan ko‘prog‘i, ya’ni 4 million 210 ming tonnadan ortig‘i fermer xo‘jaliklari va aholining ixtiyorida qoldirilganini qishloq ahlining omborlari donga, xonadonlari qut-barakaga to‘layotgani, moddiy manfaatdorligi ortib borayotganining amaliy tasdig‘i sifatida qabul qilamiz.
Ana shunday ulkan, ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan marralarni egallashda keyingi yetti yilda 1 trillion 627 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 2 million 45 ming gektar yerning meliorativ holatini yaxshilashga erishganimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, yerning dardiga malham qo‘yganimiz mustahkam zamin bo‘ldi.
Bugungi kunda ham izchil davom ettirilayotgan bunday ishlarimizning samarasini keyingi ikki yilda paxta va g‘alla bo‘yicha hosildorlik gektariga o‘rtacha 2-5 sentnerga oshgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Bu yil yoz oylarida, havo g‘oyat issiq kelgan bir sharoitda avvalambor o‘z kasbining ustasi va fidoyisi bo‘lgan mirishkor dehqonlarimizning mahorati, mahalliy o‘g‘itni o‘z vaqtida berish, har tomchi suvdan tejab-tergab oqilona foydalanish kabi agrotexnik tadbirlar hosil taqdirini hal qilishda yetakchi o‘rin egalladi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Shu bilan birga, serhosil va ertapishar, turli kasalliklarga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish va rayonlashtirish bo‘yicha muhim natijalarga erishayotgan seleksioner olimlarimizning bu yutuqlarda munosib xizmatlari borligini alohida e’tirof etish o‘rinlidir.
Bugungi zamonaviy agrotexnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, yer bilan tillashib yashaydigan, turli zararkunanda va kasalliklarning oldini olishda mahorat ko‘rsatgan agronom va mutaxassislar haqida gapirganda, ana shunday keng qamrovli ishlarni boshqargan, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, barcha muammo va jumboqlarni oqilona hal qilgan fermerlarimizni hurmat bilan tilga olamiz.
Bu yilgi yuksak marralarga yetishda beqiyos hissa qo‘shgan, uy-ro‘zg‘or yumushlari bilan birga dala ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan muhtarama ayollarimiz, opa-singillarimizga yana bir bor o‘zimning yuksak ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Joriy yilda qo‘lga kiritgan marra va yutuqlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularning negizida yotgan omillarni avvalo yerga mehrini ayamasdan berayotgan, ta’bir joiz bo‘lsa, tuproqdan oltin undirib yashayotgan dehqon va fermerlarimizning yuksalib borayotgan dunyoqarashi, mehnatga munosabati, qisqa qilib aytganda, qishloq ahlining hayot falsafasi tubdan o‘zgarayotganida ko‘rishimiz darkor, deb o‘ylayman.
Men joylarda bo‘lib, dala mehnatkashlari bilan suhbatlashganimda, bu odamlar nafaqat o‘z sohasi, balki butun yurtimiz taqdiri, yoshlarimiz kelajagi haqida qanday to‘lqinlanib, katta ishonch va g‘urur bilan gapirishi, dunyodagi turli voqea-hodisalarga daxldor bo‘lib yashayotganiga guvoh bo‘lganimda amalga oshirayotgan islohotlarimizning eng muhim natijasini ko‘rgandek bo‘laman.
Bugungi kunda mo‘l hosil yetishtirib, do‘kon va bozorlarimiz, el-yurtimiz dasturxonini to‘ldirib, narx-navoning barqarorligini, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan dehqon va fermerlar hayotimizning tayanch ustunlari, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
Shu o‘rinda qalbimdan chuqur joy olgan bir fikrni takrorlab aytishni zarur deb bilaman: dunyoda o‘zbek dehqoniga teng keladigan zahmatkash va mirishkor insonlarni topishning o‘zi qiyin va bu haqiqatni siz, azizlarning bu yilgi beqiyos yutuqlaringiz yana bir bor isbotlab turibdi. Tom ma’nodagi jasorat va qahramonlik namunasi bo‘lgan olijanob mehnatingiz uchun siz, azizlarga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirib, chin qalbimdan ta’zim qilaman.
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Bugungi quvonchli ayyomda erishgan natijalarimizni baholar ekanmiz, ayni paytda kelgusi yil hosili uchun puxta zamin yaratish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samaradorligini yanada oshirish haqida o‘ylashimiz tabiiydir.
Albatta, bugun shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonning o‘zi agrar soha oldiga ham yangi-yangi vazifalar qo‘yayotganini, biz yetishtiradigan mahsulotlar jahon bozorida har tomonlama raqobatdosh va xaridorgir bo‘lishi zarurligini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu maqsadda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari hamda fermerlar kengashlarining ish samarasini kuchaytirish, yangi avlod fermerlarini tarbiyalash, har bir hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos serhosil, ertapishar, kasalliklarga chidamli paxta va g‘alla navlarini yaratish, intensiv bog‘larni, mahsulotni qayta ishlash korxonalarini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini oshirish, suv va energiya resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalar doimiy e’tiborimiz markazida turishi darkor.
Muhtaram do‘stlarim, qadrdonlarim!
Mana shu shukuhli ayyomda sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni bugungi yuksak mehnat g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga dilimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Halol mehnatingizning rohatini ko‘ring, hech qachon kam bo‘lmang, azizlarim!
Xonadonlarimizdan fayzu baraka, elu yurtimizdan tinchlik-osoyishtalik hech qachon arimasin!
Aziz va muqaddas Vatanimizni, zahmatkash va fidoyi xalqimizni Yaratganning o‘zi doimo panohida asrasin!

Islom KARIMOV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti