Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mustaqilligimizning ikki yuz o‘ttiz sakkiz yilligi munosabati bilan yo‘llagan samimiy qutlovlaringiz uchun men bilan birga Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi Sizga o‘z minnatdorligini izhor etadi.

Amerikaliklarni xalq sifatida dunyodagi boshqa mamlakatlarning xalqlari bilan birlashtirib turadigan ko‘p madaniyatli meros va boy an’analarni nishonlash uchun biz ushbu imkoniyatdan foydalanamiz. Barcha xalqlar baxt-saodat va farovonlikka intilishda erkinlikdan bahramand bo‘lishi lozim, degan umumiy oliy maqsad barchamizni ruhlantiradi.

Biz uchun g‘oyat qadrli bo‘lgan erkinlikni ta’minlash yo‘lida o‘tmishda va hozirgi kunda qurbon bo‘lganlarni yodga olar ekanmiz, barcha xalqlar uchun ozod va tinch yashash va shunday bo‘lib qolish huquqiga erishilishiga ishonchimizni hamda qat’iyatimizni yana bir karra tasdiqlaymiz.

Ehtirom ila,

Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga