2017-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Senatorlar ishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2016-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitishdan boshladilar.

Hisobotda qayd etilganidek, 2016-yilda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida prokuratura organlari tomonidan katta ishlar amalga oshirildi.

Xususan, aholini ijtimoiy himoyalashga, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari ijro etilishi, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi, Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi, Investitsiya dasturi bajarilishi muntazam nazorat qilib borildi.

Hisobot yilida tadbirkorlik subyektlarini ishonchli huquqiy himoya qilish prokuratura organlari faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Tadbirkorlarning, shu jumladan, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan 43 mingdan ortiq tadbir o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlik subyektlari huquqlari buzilgan 19 752 ta holat, shu jumladan, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashilgan 129 ta holat, noqonuniy tekshiruv o‘tkazilgan 54 ta holat, noqonuniy qarorlar qabul qilingan 1 657 ta holat, ortiqcha yig‘imlar undirilgan 657 ta holat, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun hujjatlari buzilgan 887 ta holat aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha prokuratura tomonidan tegishli choralar ko‘rildi.

Soliq va valyuta jinoyatlariga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha muayyan ishlar bajarildi. 832,7 milliard so‘mlik soliqlar va to‘lovlarning qo‘shimcha hisoblanishi ta’minlandi, valyuta sohasida 771 ta huquqbuzarlik aniqlandi.

Prokuratura organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini muvofiqlashtirish borasida idoralararo hamkorlikni takomillashtirish choralari ko‘rildi.

Bosh prokuratura huzuridagi telefon murojaatlarini qabul qilish markazining 34 ta vazirlik va idora bilan elektron aloqa tizimining samarali ishlashi ta’minlandi. 2016-yilda Markaz tomonidan 103 063 ta, tadbirkorlardan 3394 ta murojaat qabul qilindi. Prokuratura organlari tomonidan jami 194 817 ta murojaat ko‘rib chiqildi, 173 080 nafar fuqaroning qabul qilinishi ta’minlandi.

Aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Xalqaro hamkorlik yanada rivojlantirildi.

5 (3).JPG

Senatorlar hisobotni har tomonlama tahlil qilib, 2017-yil 7-yanvar kuni prokuratura organlarining bir guruh hodimlari bilan uchrashuvda mamlakatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan hamda jamiyatda adolatni yanada mustahkamlashda, qonun ustuvorligini ta’minlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda prokuratura organlari roli va nufuzini oshirishga qaratilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish borasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ta’sirchan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.

Hisobotda qayd etilganidek, respublika ichki ishlar organlarining o‘tgan yildagi faoliyati mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga, huquqbuzarliklarning oldini olishga, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashga, fuqarolar huquqlarini himoya qilishga, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga, faoliyatning shu sohalarida aniq natijalarga erishishga qaratildi.

Ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishga zamon talablariga javob beradigan yangi yondashuvlarni tatbiq etish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga jamoatchilikning keng qatlamlarini jalb qilish, profilaktika inspektorlarining bevosita aholi orasida ish olib borishini tashkil etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikaning 5 253 ta mahallasida birorta ham jinoyat sodir etilmadi.

Jinoyatning asosiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan, avval sudlanganlar, jinoyatchi guruhlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan o‘ta og‘ir jinoyatlar, huquqbuzarliklar soni ancha kamayishiga erishildi. Shaxsga qarshi jinoyatlarni ochish va tergov qilishda, giyohvand moddalar noqonuniy aylanishiga, odam savdosiga, terrorizmga, diniy ekstremizmga va uyushgan jinoyatchilikka, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda muayyan ijobiy natijalarga erishildi.

Shu bilan birga, hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning 9-fevralida IIV organlari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan ichki ishlar organlari, vazirlik rahbariyati tegishli xulosalar chiqarib oldi. Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishga doir ishlarni tubdan yaxshilash, mamlakatda huquqiy tartibotni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar tashkil etildi.

Xususan, profilaktika inspektorlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga asoslangan mezonlari ishlab chiqildi, ichki ishlar organlari barcha bo‘g‘inlari rahbarlari tomonidan aholi oldida muntazam hisob berish amaliyoti joriy etildi. Ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan isloh qilish, ichki ishlar organlari xizmatini bevosita aholi punktlarida tashkil etish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlandi. Joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika inspektorlarini ular faoliyatiga xos bo‘lmagan yumushlardan ozod qilish, ularning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha muntazam ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va sudlar bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh qilish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida idoralararo ishchi guruhlar tuzildi. Jinoyatlarni sodir etish sabablari, shart-sharoitlari va omillarini o‘rganish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. Sodir etilgan har bir jinoyat holatlarini muhokama qilish uchun yig‘ilishlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur yig‘ilishlarda ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirok etmoqda.

Hisobotda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kunlari o‘ziga xos samara berayotganligi qayd etildi. Keng jamoatchilik, hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida har payshanba kuni tashkil etiladigan jinoyatlarning oldini olishga doir kompleks tadbirlar, xususan, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarining mashg‘ulotlarda qatnashish davomatini muhokama qilish, bu borada tartib o‘rnatish yuzasidan ta’lim muassasalari ma’muriyati va ota-onalar javobgarligini oshirish bo‘yicha tashkiliy-tushuntirish tadbirlari o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Hisobotni muhokama qilish chog‘ida senatorlar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, xodimlar, ayniqsa, profilaktika inspektorlari uchun munosib xizmat va maishiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar berildi. Senatorlar ichki ishlar organlari xodimlarining kasb saviyasini oshirish ishlarini jiddiy ravishda yaxshilash, shu maqsadda mintaqaviy seminarlarini o‘tkazish zarurligini qayd etdilar. Odamlar dardu-tashvishlariga befarq munosabatda bo‘lgan, qonunni suiiste’mol qilgan va buzgan xodimlarga nisbatan o‘z vaqtida qat’iy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. Senatorlar qayd etganlaridek, jinoyatga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari faoliyatining tubdan yaxshilanishi Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.

Shundan keyin senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.

Ta’kidlanganidek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yildagi faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarishga, qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirishga, mamlakatdagi ekologik holatni sog‘lomlashtirishga qaratildi.

Hisobot davrida insonlar salomatligini mustahkamlash, ekologik muvozanatni, jonli tabiat turlarining boyligini va genetik fondini, ekologik tizimlar rang-barangligini saqlab qolish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga, tabiat obyektlari bilan bog‘liq madaniy merosni saqlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 6 ta qonun loyihasining yangi tahriri, Vazirlar Mahkamasining 10 dan ortiq qarori tayyorlangani va shundan 8 tasi qabul qilingani qayd etildi.

Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan olib borilgan nazorat davomida 18 270 dan ziyod mansabdor shaxs va fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi, 2 400 dan ortiq korxona va tashkilotlarga da’vo kiritildi, 4,13 milliard so‘m undirildi.

2016-yilda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari uchun, xizmatlar, ekologik xavfli chiqindilarni va mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun 3 860 dan ortiq ekologik sertifikat berildi. 27 500 ta loyiha davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi, 3 350 dan ortiq ekologik norma belgilandi.

Davlat ekologik ekspertizasining tavsiyalariga muvofiq energetika, neft-gaz, metallurgiya, kimyo, qurilish tarmoqlarining, sanoat, kommunal va qishloq xo‘jaligining 318 ta xo‘jalik yurituvchi subyektida energiya tejovchi, kam chiqindi chiqaradigan texnologiyalar joriy etildi. Ekologik, shuningdek, idoraviy va jamoat nazoratini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitini muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturini bajarish choralari ko‘rildi. Orolbo‘yi mintaqasini ekologik sog‘lomlashtirish bo‘yicha choralar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Orol dengizining qurib qolgan tubidagi 76,1 ming gektar maydonda yangi ihota daraxtzorlari barpo etildi.

2016-yilda beshta xalqaro loyihani amalga oshirish davom ettirildi, 25 ta yangi xalqaro loyiha ishlab chiqildi va 2017-yilda 6 ta yangi loyihani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Hisobotni muhokama qilish vaqtida senatorlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan ishlash, biologik xilma-xillikni saqlash hamda ko‘paytirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish sohalaridagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratdilar. Davlat ekologik nazorati, atrof-muhit monitoringi, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlarining infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Shundan so‘ng senatorlar Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisini saylash, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Senatorlar “Mamlakat istirohat bog‘lari, shuningdek, boshqa ko‘ngilochar maskanlarida o‘rnatilgan yuqori texnologiyali attraksionlardan foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash borasidagi davlat nazoratining holati to‘g‘risida”gi parlament so‘rovini ko‘rib chiqib, uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuborish haqida qaror qabul qildilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Senat yalpi majlisi davomida 21 ta masala, shuningdek, sud-huquq tizimini izchil isloh qilishga, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishga, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Ularni ruyobga chiqarish aholining turmush darajasini yanada oshirish, mamlakatda barqarorlik va farovonlikni kuchaytirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot