O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot
2016-yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi.
2016-yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.
Senatorlar o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilganligi ta’kidlandi. Xususan, yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,2 foizga, kapital qo‘yilmalar hajmi 9,6 foizga o‘sishi taxmin qilinmoqda.
Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjatida asosiy e’tibor chuqur tarkibiy islohotlarga va muhandislik, yo‘l-transport hamda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga, shuningdek, mintaqalarning daromad bazasini oshirish orqali byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan faol investitsiyaviy siyosat olib borishga qaratilgan.
Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini yalpi ichki mahsulotga nisbatan joriy yildagi 20,2 foizdan 18,9 foizga kamaytirishni, soliq ma’murchiligining shaffofligini ta’minlash orqali uni yaxshilashni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Soliq tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida asosiy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning (foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shimcha qiymat solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lovning) stavkalarini saqlab qolish taklif etilmoqda.
Bunda mamlakat byudjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolinadi. Unda byudjet tashkilotlari xodimlari oylik ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini inflatsiya darajasidan ortiq darajada oshirish orqali aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish nazarda tutiladi, bu esa aholining xarid qilish imkoniyatlarini oshirishga ko‘maklashadi. 2017-yilgi ijtimoiy xarajatlar davlat byudjeti barcha xarajatlarining 59,7 foizini tashkil etadi.
2017-yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,2 foiz miqdorida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shu tariqa u joriy yilga nisbatan 19,5 foizga oshadi, bu esa keyinchalik byudjetning daromad bazasi oshishini ta’minlaydi.
Senatorlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari parametrlari mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga, iqtisodiyotni yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda xalq farovonligini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha strategik maqsadlarga mos keladi. Senatorlar 2017-yilgi byudjetnomani qabul qilish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qildilar.
Shundan so‘ng senatorlar “Soliq va byudjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Ushbu normativ-huquqiy hujjatning maqsadi 2017-yilga mo‘ljallangan soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ijro etish samaradorligini ta’minlashdan, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvorliklarini inobatga olgan holda qonun hujjatlari normalarini hukumatning Byudjetnomasiga muvofiqlashtirishdan iborat.
Qonun bilan Soliq kodeksiga va boshqa qonunlarga ayrim tuzatishlar kiritilmoqda. Ushbu tuzatishlar 2017-yilga mo‘ljallangan soliq va byudjet siyosatining tasdiqlangan konsepsiyalarini ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratishga, qonun hujjatlarining ayrim normalarini ularga muvofiqlashtirishga va ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan. Senatorlar ta’kidlaganlaridek, mazkur chora-tadbirlar tadbirkorlik faoliyati sohasidagi huquqni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga ham qaratilgan. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
So‘ngra senatorlar 2017-yilda aholi bandligini ta’minlash dasturini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar. Ta’kidlanganidek, Dasturda sanoatda (131,1 ming), xizmatlar sohasida (69,5 ming), qishloq xo‘jaligida (55,8 ming), qurilishda va infratuzilma loyihalarida (88,9 ming), shuningdek, bo‘sh turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga (44 ming) yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali 389,3 ming kishini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 97,7 ming ish o‘rni yaratiladi. Qishloq xo‘jaligida va qurilishda yiliga o‘rtacha 199,1 ming kishi mavsumiy hamda vaqtinchalik ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, aholining o‘zini ish bilan ta’minlashini rag‘batlantirish hisobiga 308,6 ming fuqaroda, shu jumladan, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida 272,7 ming kishida, hunarmandchilikda va oilaviy tadbirkorlikda 35,9 ming kishida daromad manbalari paydo bo‘ladi.
Dasturda demografik omillarni hisobga olgan holda ishga joylashtirishning samarali shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dasturlar bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Dasturni ishlab chiqishda mehnat bozoridagi talab va taklif baholandi. Bunda barcha tumanlar va shaharlar uchun 2017-yilda ish bilan ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj, uning tuzilishi belgilab olindi, xarajatlar aniqlandi, tasdiqlangan dasturlar doirasida, shu jumladan, kichik sanoat zonalarini yaratish jarayonida ish o‘rinlarini tashkil etish hisobiga bandlik yo‘nalishlari alohida belgilab olindi.
Dasturda 2017-yilda kamida 508,8 ming nafarni tashkil etadigan o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Majlis chog‘ida ta’kidlanganidek, kollej va litseylar bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida har bir tuman va shahar kesimida maxsus tadbirlar ishlab chiqiladi. Ularni amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, hokimliklar, korxonalar hamda tashkilotlar ishtirok etadi.
Senatorlar qayd etganlaridek, Aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi hamda tuman va shaharlar kesimida mehnat bozoridagi vaziyat va aholi bandligi monitoringi natijalari 2017-yilda Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining majlislarida, vazirliklar va idoralarning maxsus kengashlarida muntazam ko‘rib boriladi hamda ularning natijalari bo‘yicha barcha darajadagi hokimliklarga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga Dastur ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish uchun takliflar hamda topshiriqlar yuboriladi. Dastur ijro etilishi ustidan tizimli parlament nazorati o‘rnatiladi.
Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar.
Ta’kidlanganidek, ushbu normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga qaratilgan.
Huquqiy hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan, vakolatli organlar tizimi keltirilmoqda, ushbu sohada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilab berilmoqda hamda ochib berilmoqda, shuningdek, xalqaro hamkorlikning ahamiyati aks ettirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini kuchaytirish maqsadida qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarni tashkil etish hamda uning tarkibiga jamoat birlashmalarining vakillarini, tadbirkorlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilmoqda.
Ushbu normativ-huquqiy hujjat xususiy mulkni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoyalashga qaratilgan. Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi ishchanlik faoliyatini va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, fuqarolar huquqlarini va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Senatorlar “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Qonunni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar tomonidan ma’muriy qamoqni o‘tash prinsiplari va tartibini mustahkamlab qo‘yishdan iborat. Qonunda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holati, shuningdek, ularda boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish ruhini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilmoqda.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash, ularni moddiy-maishiy va tibbiy ta’minlash tartibi belgilanmoqda. Maxsus qabulxona ma’muriyati va xodimlarining asosiy huquqlari hamda majburiyatlari, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun sarflanadigan xarajatlarni undirish va ularni mehnatga jalb qilish tartibi belgilab qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, qonunda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishda, maxsus qabulxona xodimlarining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilganda, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilganda ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash shartlari nazarda tutilmoqda.
Senatorlar qayd etganlaridek, qonunning qabul qilinishi qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga, ma’muriy qamoqni o‘tashda qonun hujjatlari talablarini ijro etishning yagona amaliyotini ta’minlashga, ushbu sohada ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini va mazkur organlar xodimlarining javobgarligini oshirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan qabul qilindi.
Shundan so‘ng senatorlar “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrda qabul qilingan farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar.
Qayd etilganidek, ushbu qonun xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlashning ishonchli tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirish, ishchanlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha izchil chora-tadbirlarning mantiqiy davomidir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish va ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini keskin kamaytirish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha g‘ovlar hamda cheklovlarni bartaraf etish qonunning asosiy maqsadidir.
Jumladan, tadbirkorlik subyektlari javobgarligining yanada erkinlashtirilishini ta’minlash maqsadida Jinoyat kodeksiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga doir huquqdan mahrum etish tarzidagi jazo tayinlanmasligini nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda, bundan odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan hollar mustasno.
Ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etish, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta jinoyat sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga va ularning xodimlariga, agar ular huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddatda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsalar, jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanmasligi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, qonunda noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarni, agar ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va ruxsat beruvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsalar, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etish mexanizmi joriy etilmoqda.
Shuningdek, qonunda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha ham rejadan tashqari tekshirishning, shuningdek, qarshi tekshirishning barcha turlarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan tuzatishlar tergovdan oldingi tekshiruvlar vaqtida va qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar bo‘yicha taftishlar tayinlanishini hamda o‘tkazilishini protsessual jihatdan aniq tartibga solishni nazarda tutadi, shu jumladan, taftish tayinlash uchun asoslarni, taftishlarni, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari taftishlarini o‘tkazish muddatlari va shartlarini, tekshirilayotgan subyektlarning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, taftish o‘tkazuvchi shaxslarni belgilab beradi.
Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida muhim omil bo‘ladi, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim sharti sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lida mavjud bo‘lgan ma’muriy va sun’iy to‘siqlarni qat’iylik bilan bartaraf etishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan qabul qilindi.
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Senatorlar 1992-yil 8-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligini qayd etdilar. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida katta ishlar amalga oshirilgan.
8-yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilash ularning maqomini, prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag‘batlantirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar va turizm sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
Jahon miqyosida milliy manfaatlarimizni himoya qilish va ilgari surish borasidagi tashqi siyosiy faoliyatni amalga oshirish masalalarida parlament rolini yanada kuchaytirish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish, jahon maydonida mamlakatimiz nufuzini oshirish, shuningdek, ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida senatorlar tomonidan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish, uning zimmasiga ushbu sohadagi faoliyatning muvofiqlashtirilishini tashkil etish, dasturlar va ish rejalari ijro etilishini nazorat qilish vazifalarini yuklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi.
Xususan, xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar va turizm sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining, dasturlar va rejalarning markazda va joylarda ro‘yobga chiqarilishi ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro huquq normalarini milliy qonun hujjatlariga tatbiq etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish kabi vazifalar mazkur qo‘mitaning zimmasiga yuklatildi.
Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Senat a’zolari S.Safoyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari etib saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Tegishli qaror qabul qilindi.
Shundan keyin senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga, "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, shuningdek, sanoat xavfsizligi va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosi to‘g‘risida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.Gulyamovga yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobni ko‘rib chiqdilar hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzaxidovga “Elektron hukumat” tizimini joriy etishga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi to‘g‘risida parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qildilar.
So‘ngra senatorlar O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash hamda O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Tegishli qarorlar qabul qilindi.
Senat yalpi majlisi davomida demokratik yangilanishlarni, bozor islohotlarini bosqichma-bosqich chuqurlashtirishga, davlat boshqaruvi sohasida parlament hamda jamoat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan 15 ta masala, shu jumladan, 5 ta qonun ko‘rib chiqildi. Senatning sakkizinchi yalpi majlisida qabul qilingan qarorlar fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli kafolatlarini ta’minlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish, mamlakatda barqarorlik hamda farovonlikni mustahkamlash uchun muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati