Janobi Oliylari!

Janobi Oliylari!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi hayotidagi muhim sana – mustaqillikning 23-yilligi bilan chin dildan samimiy tabriklayman. Shu yillar mobaynida O‘zbekiston siyosiy tizim va iqtisodiyotni isloh etish hamda modernizatsiyalash, buyuk allomalar asarlarini qamragan bebaho merosni o‘rganish va yanada boyitishda ulkan yutuqlarga erishdi. 

Shu yilning may oyida Samarqand shahrida o‘tgan o‘rta asrlardagi Sharq buyuk allomalari va mutafakkirlarining ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Siz mening Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy asarlarini o‘rganish borasidagi faoliyatimga yuksak baho berganingizdan g‘oyat to‘lqinlandim, boshim osmonga yetdi. Sizning e’tiboringiz menga ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarimni davom ettirish va dunyo jamoatchiligini buyuk o‘zbek olimlarining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni bilan tanishtirishga yanada ko‘proq hissa qo‘shishimga kuch-g‘ayrat bag‘ishladi. 

Bugun xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rnini egallagan O‘zbekiston Sizning dono rahbarligingizda buyuk o‘zbek mutafakkirlari merosiga tayangan holda, bundan buyon ham o‘z taraqqiyot yo‘lini izchil davom ettirishiga ishonaman. Men O‘zbekiston-Belgiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga ham, o‘zbekistonlik yoshlarni buyuk ajdodlarni hurmat qilish va e’zozlash ruhida tarbiyalashga ham o‘zimning kamtarona hissamni qo‘shishga tayyorman. 

Sizga, oilangizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, mehmondo‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, farovonlik va ravnaq tilayman.

Yuksak hurmat bilan, Yul Yanssens, Luven katolik universiteti professori (Belgiya)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga