O‘zA O`zbek

29.07.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Prezidentining Belarusga tashrifiga doir

Oʻzbekiston Prezidentining Belarusga tashrifiga doir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019-yil 31-iyul – 1-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Minsk shahrida oliy darajadagi Oʻzbekiston – Belarus muloqotining davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezidentlar Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida Prezidentlarning Qoʻshma bayonoti imzolanishi hamda Oʻzbekiston – Belarus koʻp qirrali sherikligini, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga, hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

5 408
O'zA