O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga kelgach, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Suhbatda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga samarali raislik qilgani bilan tabriklab, tashkilot sammiti muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

c922b191-109f-788f-19aa-96f5875adf7f.jpg

787
O'zA