O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo‘nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, majlisda MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashishi, 2018-yilda Hamdo‘stlikka raislik qiladigan davlat masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Sammit yakunida MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, 2019- yilni Kitob yili, 2020-yilni 1941-1945-yillardagi ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Sochi shahriga jo‘nab ketdi