O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi.

Ostona, 8-iyun. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Asqar Mirzaxmetov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.

Sammitda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm va diniy eksremizmga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinadi. 

Ostona shahrida ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha  Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit doirasida Prezidentimizning qator delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlari ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida EXPO – 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga keldi