O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan delegatsiyalar boshliqlarini qabul qildi.

Prezidentimiz mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistonda MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

4cb4539d-31ad-152f-e119-7e327c92d29f.jpg

Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash mamlakatimizning Hamdo‘stlikda 2020 yilgi raisligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Tashkilotga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, jumladan, tezkor axborot almashish hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

c094a8c3-44c0-ee73-9a81-5bbfcc5f9ff2.jpg

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda, internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zo‘ravonlik va radikal qarashlarni targ‘ib qilish maqsadida foydalanishga chek qo‘yish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlanli.

Mehmonlar samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘z mamlakatlari rahbarlarining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

2abf3880-3513-495a-f301-0d442b6a4459.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlarini qabul qildi