O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali va “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifaini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, BMTning turizm sohasidagi ixtisoslashgan instituti bilan hamkorlik jadal va samarali kechayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Jahon sayyohlik tashkilotiga 1993-yilda a’zo bo‘lgan. 2004-yildan Samarqand shahrida ushbu tashkilotning Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda. Hamkorlik natijasida o‘tgan davrda O‘zbekistonning turizm sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jahon turizm bozorida targ‘ib qilishga qaratilgan o‘nlab muhim loyihalar amalga oshirildi.

2014-yil oktabr oyida O‘zbekistonda tashkilot Ijroiya kengashining 99-sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, unda sayyohlik sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va “Buyuk ipak yo‘li” brendini keng ommalashtirish bo‘yicha Bitim imzolandi.

Uchrashuvda turizm sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘ylab sayohatlarni ommalashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rish, turizmning yangi turlarini rivojlantirish va xaridorgir turizm mahsulotlari ishlab chiqish, xalqaro andozalarga javob beradigan zamonaviy infratuzilma yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Taleb Rifai Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekistonda turizm sohasini iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.

Bosh kotib Jahon sayyohlik tashkiloti O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga doir dastur va loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlash va ularda ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibini qabul qildi