O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashdi.

Nyu-York, 20-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Anvar Samadov xabar qiladi.

Davlatimiz rahbari Jahon banki O‘zbekistonning ishonchli va strategik sherigi ekanini alohida ta’kidladi.

Mazkur bank va mamlakatimiz moliya muassasalari o‘rtasida amaliy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda o‘zaro hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan.

O‘tgan yili qabul qilingan 2020-yilgacha hamkorlik qo‘shma dasturiga 27 ta muhim loyiha kiritilgan. Ularning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat, shundan 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir.

Uchrashuvda mamlakatimizda Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilingani, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalari asosida valyuta sohasida bozor mexanizmlari joriy etilgani, savdodagi turli to‘siqlar olib tashlangani, ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilanayotgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentimiz ushbu islohotlarni amalga oshirishda Jahon bankining ulkan tajribasi qo‘l kelishi, O‘zbekiston bank bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Mamlakatimizda samarali mikromoliyalash tizimini joriy etish, irrigatsiya-drenaj va yo‘l-transport infratuzilmalarini modernizatsiya qilish, agrosanoat kompleksini rivojlantirish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jahon banki prezidenti O‘zbekistonda bank-moliya tizimini takomillashtirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar biznes rivojiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Muloqotda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar, istiqbolli loyihalar muhokama etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki prezidentini qabul qildi