O‘zbekiston Prezidenti Ashxobodga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni Ashxobod shahriga keldi.
Ashxobod, 11-dekabr. O‘zA maxsus muxbiri A.Samadov xabar qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni Ashxobod shahriga keldi.
Davlatimiz rahbari tashrif doirasida BMT Bosh assambleyasi tomonidan Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganining 20-yilligiga bag‘ishlangan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik” xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.