Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.09.2017 15:50 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA
2 778






Все о погоде - Pogoda.uz