Aziz mirishkor paxtakorlar! Qadrli dehqon va fermerlar! Siz, azizlarni shu kunlarda o‘ta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingiz evaziga 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, shartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklashdan, chin qalbimdan hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Aziz mirishkor paxtakorlar!

Qadrli dehqon va fermerlar!

Siz, azizlarni shu kunlarda o‘ta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingiz evaziga 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, shartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklashdan, chin qalbimdan hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Paxta o‘stirishning o‘zi har qaysi dehqon, fermer va mutaxassisdan naqadar murakkab va og‘ir mehnatni, chuqur bilim va tajribani, ona yerimizga mehrini berib, tuproq bilan tillashib yashashni, lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, kundalik fidoyilikni talab qilishini butun elimiz, xalqimiz yaxshi biladi va bu yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan zafarlaringizni yuksak baholaydi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. 

Xalqimizda, dehqon uchun oson yilning o‘zi bo‘lmaydi, degan teran ma’noli ibora bor. Bu yilgi mavsum bu fikrni yana va yana bir bor tasdiqlab bermoqda. Bahor faslida havo haroratining odatdagidan nisbatan past bo‘lgani, chigitning unib chiqishi 8-10 kunga kechikkani, ayrim hududlarda g‘o‘zani sel va do‘l urib ketgani, turli kasallik va zararkunandalar ko‘paygani, yozdagi suv tanqisligi, kuzning ancha erta va salqin kelgani dehqon va fermerlarimiz uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirdi.

Joriy mavsumning mana shunday noqulay va murakkab kelishiga qaramasdan, birinchi navbatda ko‘p yillar davomida to‘plangan tajriba va zamonaviy agrotexnikani samarali qo‘llaganimiz, shular qatorida o‘z vaqtida g‘o‘zani “sharbat” usulida sug‘orib, mahalliy o‘g‘itning orttirib berilgani, olim va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlari tufayli, qanday og‘ir bo‘lmasin, hosilni saqlab qolishga erishganimiz, bir so‘z bilan aytganda, dehqon va fermerlarimizning mardligi va matonati, tashabbuskorligi bu yilgi yutug‘imizning qadr-qimmatini yanada oshiradi.

Shu ma’noda, bugungi yuksak xirmonni bunyod etishda o‘zini ayamasdan, jonbozlik ko‘rsatib, aytish mumkinki, qahramonona mehnat qilgan fermer va dehqonlarimizga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan minnatdorchilik izhor etib, ularga tahsin va tasannolar bildirishni ham qarz, ham farz, deb hisoblayman. 

Aziz do‘stlar, muhtaram yurtdoshlar!

Hech kimga sir emas, yurtimiz dalalarida yetishtiriladigan hosilning, xususan, paxta xomashyosining taqdiri birinchi navbatda yer unumdorligiga bevosita bog‘liq. Ayni vaqtda dehqonchilikda har qaysi ekin maydoni, har qanday tuproq unumdorligining ham chegarasi borligini unutmasligimiz kerak.

Shu bois barchamizni boqadigan ona zaminimizning kelajagini o‘ylab, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha qabul qilgan davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ulkan ishlarimiz qishloq xo‘jaligida qanday katta burilish yasaganini bugun ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. O‘tgan 6-yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha 1 trillion 300 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 1 million 750 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Faqatgina keyingi ikki yilda paxtachilik bo‘yicha hosildorlik 24 sentnerdan 26,5 sentnerga oshgani ana shunday keng ko‘lamli ishlarimizning muhim natijasi bo‘ldi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda yangi g‘o‘za navlarini yaratish, seleksioner olimlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli 100 dan ortiq yangi navlar yaratilgani, ularning 27 tasi davlat reyestriga kiritilib, amalda joriy etilayotgani ushbu tarmoqning izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. 

Shu bilan birga, e’tirof etishimiz kerakki, bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida har qaysi viloyat va tuman uchun mos keladigan, serhosil, yuqori sifatli tola beradigan, ertapishar g‘o‘za navlarini chiqarish va rayonlashtirish eng dolzarb, yechimini barcha dehqonlarimiz orziqib kutayotgan muammo bo‘lib qolmoqda. Ana shu muhim masalani hal etish avvalo mutasaddi olimlar, seleksiya sohasida ishlayotgan mutaxassislarning asosiy vazifasi ekanini yaxshi bilamiz va ulardan bunday g‘o‘za navlarini tezroq yaratishlarini kutamiz. 

Bu yilgi mavsum davomida biz duch kelgan murakkab sinov va qiyinchiliklarni bartaraf etishda intensiv agrotexnologiyalardan oqilona foydalanib, g‘o‘za qator oralari har yilgidan 4-5-marta ko‘p, o‘rtacha 12-martadan ziyod sifatli kultivatsiya qilingani, gektariga 5 tonnadan, jami 13 million tonnadan ortiq mahalliy o‘g‘it berilgani alohida ahamiyat kasb etdi.

Bugun barchamizga ayon – biz qo‘lga kiritayotgan yutuq va marralarning asosiy garovi va hal qiluvchi kuchi bo‘lmish fermerlik harakatining oldida turgan muammolarni yechish, uning qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, qishloq hayotidagi rolini kuchaytirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz avvalo bu yilgi mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda, yetishtirilgan mo‘l hosilni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yig‘ib-terib olishda mustahkam zamin tug‘dirdi, desak, har tomonlama o‘rinli bo‘ladi.

Buning yaqqol tasdig‘ini respublikamiz paxta xirmonining qariyb 90 foizi yuqori sortlarga topshirilgani ham isbotlab beradi.

Nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida erishayotgan marralarimiz avvalambor xalqimizga xos mehnatsevarlik, mardlik va matonat kabi fazilatlarda, hayot o‘zgarishi bilan odamlarimizning ongu tafakkuri tobora o‘zgarib, ularning o‘z yeriga egalik, mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usi, o‘z mehnatidan manfaatdorlik hissiyoti ortib borayotganida namoyon bo‘lmoqda va xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Mana shu quvonchli ayyomda o‘z shartnoma majburiyatlarini birinchilardan bo‘lib ado etgan Andijon viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Xorazm, Buxoro viloyatlari, barcha viloyatlarimiz mehnatkashlari mamlakatimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qo‘shganini minnatdorlik bilan ta’kidlashni istardim. 

Ayniqsa, Amudaryo, Ellikqal’a, Oltinko‘l, Paxtaobod, Baliqchi, Peshku, Olot, Muborak, Yakkabog‘, Qiziltepa, Navbahor, Namangan, Narpay, Qumqo‘rg‘on, Beshariq, Quva, Gurlan, Xonqa, Xiva tumanlari dehqon va fermerlari belgilangan rejani qisqa fursatda, 20-25 kunda bajarib, ko‘pchilikka o‘rnak va namuna bo‘lgani tahsinga loyiqdir.

Buxoro tumanidagi “Islom Narziobod”, Jondor tumanidagi “Jonibek Farhod”, Arnasoy tumanidagi “Sangzor”, Do‘stlik tumanidagi “Eshniyoz bobo”, Mirishkor tumanidagi “Kamalak”, Shahrisabz tumanidagi “Umida ona o‘g‘li”, Navbahor tumanidagi “Arslon bobo”, Karmana tumanidagi “Avez bobo”, Paxtachi tumanidagi “Mirzayev Shuhrat”, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Munchoqtepa istiqboli”, Bekobod tumanidagi “Komiljon”, Hazorasp tumanidagi “G‘ofur Ruhiya”, Xonqa tumanidagi “Madir Xonqa” singari hosildorlikni gektaridan 45-52 sentnerga yetkazib, yuksak natijalarga erishgan ilg‘or fermer xo‘jaliklariga samimiy tashakkur bildiraman.

Shular qatorida fidokorona mehnat qilib, katta hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lgan fermer va dehqonlarimizga, Vatanimizning ulkan xirmoniga munosib hissa qo‘shgan barcha-barcha insonlarga “Balli sizga, azizlarim!” deb, ularni chin qalbdan tabriklash menga katta xursandchilik bag‘ishlaydi.

Muhtaram do‘stlar!

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning paxtachilik sohasida yetakchi mamlakatlardan biri sifatidagi obro‘yi va nufuzi tobora ortib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. 
Yaqinda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘ninchi Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida 50 ga yaqin davlatdan dunyo bozorida nom qozongan 1000 dan ziyod yirik firma va kompaniyalarning vakillari ishtirok etib, dehqonlarimizning peshona teri bilan yetishtirilgan paxta tolasiga, avvalambor, uning yuksak sifatiga katta qiziqish bildirgani ham shundan dalolat beradi. 

Ma’lumki, 90-yillarda yurtimizda yetishtirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi o‘zimizda qayta ishlanar edi. O‘tgan qisqa davrda bu boradagi ko‘rsatkich 6 barobardan ziyod ko‘paygani hamda bugungi kunda 44 foizni tashkil etib, chet mamlakatlarga sotilayotgan paxta tolasiga yana qo‘shimcha qiymat qo‘shishga imkoniyat yaratayotgani shu yo‘nalishda uzoqni ko‘zlab olib borayotgan ishlarimizning amaliy samarasidir. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda paxtachilikdan olinadigan yalpi daromad o‘tgan yilga nisbatan 12 foiz yoki 400 milliard so‘mdan ortishi kutilmoqda. Bu yil paxta xomashyosini yuqori sortlarga sotishning o‘zidan fermer xo‘jaliklari 200 milliard so‘mdan ziyod qo‘shimcha daromad olishga muvaffaq bo‘lishdi. Buning hisobidan biz dehqon va fermerlarimizning, qishloq ahlining daromadlarini oshirishga, ko‘zlagan ezgu marralarimizga yetish, el-yurtimizni yanada obod va farovon bo‘lishiga erishamiz, inshoollo. 

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Mana shunday xursandchilik kunlarda barchangizni mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida qo‘lga kiritilgan katta mehnat g‘alabasi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

El-yurtimiz, xonadonlarimizdan fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin! 

Yaratganimizning o‘zi barchamizga doimo madadkor bo‘lsin! 

Hech qachon kam bo‘lmang, halol mehnatingizning rohatini ko‘ring, azizlarim, qadrdonlarim!

Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga