Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 13-fevral kuni iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Janubiy Koreya birinchi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi savdo, sarmoya, bank-moliya, yoqilg‘i-energetika, neft-gaz, mashinasozlik, transport va transport kommunikatsiyalari, qurilish, kimyo va oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, qishloq va suv xo‘jaligi, fan-ta’lim, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot hamda sayyohlik kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

1.JPG

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasini mustahkam do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari bog‘lab turadi. Koreya Respublikasi O‘zbekistonning asosiy xorijiy hamkorlaridan biri, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportni oshirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli dasturlarning sarmoyadori va ishtirokchisi hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning 70 dan ortiq kompaniyasi vakolatxonalari bor. Iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida Koreya investitsiyasi ishtirokidagi 500 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, ularning mahsulot hajmi 5 milliard AQSh dollaridan oshgan.

3.JPG

O‘zbekistonda Janubiy koreyalik hamkorlar bilan avtomobilsozlik, elektr energetikasi, neft-gaz, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va boshqa sohalar bo‘yicha keng ko‘lamli investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Yaqinda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Koreya Respublikasi fuqarolari uchun viza bekor qilindi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘tgan yili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard 360 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2016-yilga nisbatan 27 foiz ko‘pdir.

2.JPG

Majlisda ta’kidlanganidek, mazkur ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi natijalari bunga yaqqol tasdiq bo‘la oladi. Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarni yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Endigi vazifa tashrif davomida erishilgan 10 milliard AQSh dollaridan ortiq 60 dan ziyod kelishuvni to‘la ro‘yobga chiqarish hamda ishbilarmon doiralar vakillarining ularni amalga oshirishiga ko‘maklashishdir.

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik haqida so‘z ketganda, O‘zbekistonda biznes yuritish uchun keng sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidlash joiz. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida faol jarayonlar kechmoqda. Iqtisodiy o‘sish sur’atini yanada oshirish maqsadida qonunchilik bazasi takomillashtirilib, investitsiyaviy muhit kengaymoqda. O‘zbekiston hukumati Janubiy Koreya kompaniyalarining yurtimizda samarali faoliyat yuritishi uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida barcha sharoitlarni yaratmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligini yangi mazmun bilan boyitish, ishbilarmon doiralarning muloqoti va qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Majlis davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida qabul qilingan Iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi kreditlari to‘g‘risidagi shartnoma doirasidagi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirishning borishini ko‘rib chiqdilar.

7.JPG

– Koreya Respublikasi O‘zbekistonni eng muhim iqtisodiy hamkorlaridan deb biladi, – dedi Kim Dong Yon. – Biz o‘zaro hamkorlikni yuksak qadrlaymiz. Mamlakatlarimiz yirik sarmoyaviy loyihalar tuzish va amalga oshirish borasida boy imkoniyatlarga ega. Biz, ayniqsa, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni, kimyo, energetika, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz.

Anjumanda Toshkent shahrida Koreya Respublikasi ilg‘or texnologiyalar instituti (KIAT) bilan hamkorlikda O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki va O‘zbekiston – Koreya biznes-markazi tashkil etish, Koreya madaniyati va san’ati uyini ochish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Tadbir so‘ngida tibbiy sog‘lomlashtirish majmuasi qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma majlisi