O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi jamoasiga yo‘llagan tabrigi
Qadrli do‘stlar!
Sizlarni qutlug‘ sana – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 25-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi bizning mustaqil davlatimiz bilan birgalikda izchil shakllandi va rivojlandi. O‘tgan chorak asr davomida puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya asosida mazkur tarmoqni taraqqiy ettirish bo‘yicha ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda Milliy aviakompaniyamiz O‘zbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, ko‘plab xorijiy davlatlar bilan samarali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kompaniya ko‘p millatli jamoasining yuksak kasb mahorati nufuzli xalqaro aviatsiya tashkilotlari tomonidan bir necha bor e’tirof etildi. Aviatsiya xavfsizligini ta’minlash, parvozlarni sifatli amalga oshirish, aviatsiya faoliyatining barcha sohalarida, jumladan, aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatishda eng ilg‘or texnologiyalarni keng qo‘llash borasida yuksak natijalarga erishildi.
Hozirgi vaqtda zamonaviy havo kemalari, xususan, Boing-787 (Dreamliner) samolyotlari bilan ta’minlangan Milliy aviakompaniya xalqaro aviatashuvlar tizimida munosib o‘rin egallaydi. “O‘zbekiston” yozuvi tushirilgan avialaynerlar jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizning yorqin ramzi sifatida dunyoning ko‘pgina mintaqalari havo makonini zabt etib, yigirmadan ortiq davlatga parvozlarni amalga oshirmoqda. 2016-yilda aviakompaniyamiz samolyotlari tomonidan 2 million 500 ming yo‘lovchi va 43 ming tonna yuk tegishli manzillarga yetkazildi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi har yili 90 mingdan ziyod tranzit parvozlarni boshqarib, 300 dan ortiq xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan, eng zamonaviy talablarga javob beradigan Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish markazi xizmatlaridan foydalanmoqda. Boing-787 samolyotlari uchun Kompozitsiya materiallaridan tayyorlangan mahsulotlarni ta’mirlash markazi kompaniya faoliyatida keng istiqbollar ochdi.
Mamlakatimizning jahon standartlari darajasida modernizatsiya qilingan barcha o‘n bitta aeroportiga “xalqaro aeroport” maqomi berildi. Mintaqamizdagi eng yirik va yuklarni manzilga yetkazib berish bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan komplekslardan biri – Navoiy shahridagi Xalqaro intermodal logistika markazi Yevroosiyoning asosiy logistika markazlari bilan havo qatnovlari orqali bog‘langan. Yuklarni havo yo‘llari orqali tashish tarmog‘i yildan-yilga kengayib bormoqda.
Xalqimiz O‘zbekiston havo floti xodimlari – uchuvchi va muhandislar, aviatexnik va bort kuzatuvchilari, yerdan turib parvozlar xavfsizligini ta’minlaydigan barcha xizmatlar dispetcher va mutaxassislarining fidokorona va sidqidildan qilayotgan mehnatini yuksak qadrlaydi.
Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni yaxshi tushunamiz, bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamon bizning oldimizga yangi va yanada qat’iy talablar qo‘ymoqda. Oldimizda hali qiladigan ishimiz ko‘p, birinchi navbatda, aviakompaniyamiz raqobatdoshligini yanada oshirish – eng muhim vazifamizdir.
Ishonchim komil, sizlar o‘tgan davrda qo‘lga kiritilgan yutuqlarni tanqidiy yondashuv asosida baholab, o‘zingizning bor bilim va tajribangiz, butun salohiyatingizni ishga solib, yanada yuksak mas’uliyat va fidoiylik bilan mehnat qilasiz.
Aziz do‘stlar!
Sizlarni Milliy aviakompaniyamiz tashkil topganining 25-yilligi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga baxtu saodat, mustahkam sog‘lik, olijanob faoliyatingizda yuksak parvozlar va yangi-yangi yutuqlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti