Toshkent shahrida joriy yil 26-27-mart kunlari mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar uzoq tarixga ega. Bugungi hamkorlik yuksak ruhda davom etmoqda. Bu, avvalo, O‘zbekistonning Afg‘oniston muammosini hal qilish borasidagi tashabbuslarida, ushbu mamlakatda ko‘plab iqtisodiy loyihalarni amalga oshirayotganida namoyon bo‘layotir.

rasmiy_9196.jpg

O‘zbekiston Prezidenti mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishning strategik ahamiyatini inobatga olib, jahon afkor ommasining e’tiborini afg‘on mojarosini hal qilish zaruratiga qaratayotir. Xususan, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida, noyabr oyida Samarqandda o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ta’kidlaganidek, “Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir".

Ikki davlat rahbarlari 2017-yil 7-iyunda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti hamda 10 sentabrda Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha anjumani doirasida uchrashuvlar o‘tkazdi. 2017-yil 4-6-dekabr kunlari Afg‘oniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga oid qator hujjatlar imzolandi. 2017-yilda O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 39,6 foizga oshib, 599 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Joriy yil 19-yanvar kuni BMT Xavfsizlik Kengashining Markaziy Osiyo va Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari 2018-yil mart oyida Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Ushbu anjumanda BMT Bosh kotibi, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili, shuningdek, AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari qatnashishi kutilmoqda.

O‘zbekiston hamisha qo‘shni mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga tilakdosh bo‘lib, birodar afg‘on xalqiga yordam qo‘lini cho‘zib kelgan. Bu o‘rinda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘li qurilib, foydalanishga topshirilganini ta’kidlash kerak. Yaqinda Mozori Sharif – Hirot temir yo‘li va Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi Afg‘oniston iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston yetkazib berayotgan elektr energiyasi bois Kobulda kunu tun chiroq o‘chmayotganini ham alohida qayd etish joiz.

Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg‘oniston fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Afg‘onistonliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatish, temir yo‘l va boshqa sohalar mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Surxondaryo viloyatida maxsus ta’lim markazi tashkil etildi. Joriy yil 21-yanvar kuni 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik yoshlar Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Ular mazkur markazda ikki yil davomida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil oladi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek va afg‘on xalqlarini yaqin qo‘shnilik va azaliy do‘stlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatish, bu mamlakat bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari nafaqat qo‘shni davlat, balki butun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.

Sharofiddin To‘laganov,
siyosiy sharhlovchi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Afg‘oniston muammosini hal qilishda o‘zining prinsipial pozitsiyasiga ega