Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.01.2018 21:15 Chop etish versiyasi

O‘z vakolat muddatini tugatib, yurtimizga qaytgan elchi va diplomatlar mas’ul lavozimlarga tayinlanadi

Davlatimiz rahbari mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilarini har tomonlama rag‘batlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Afsuski, bizda o‘z missiyasini bajarib qaytgan yuqori malakali diplomat xodimlarga munosib ish berish, ularga hurmat-e’tibor ko‘rsatish masalasi e’tibordan chetda qolgan, desak, buyam adolatdan bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu o‘rinda men o‘zining vakolat muddatini tugatib, yurtimizga qaytgan tajribali elchi va katta diplomatlarimizni vazirlik, idora va viloyat hokimliklaridagi mas’ul rahbarlik lavozimlariga tayinlash tartibini joriy qilish lozim, deb hisoblayman.

Shu tariqa elchi va diplomatlarimizning xorijda orttirgan boy tajriba va bilimlaridan tarmoq va hududlarimizning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, eksport hajmini oshirish va investitsiyalarni jalb etishda foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Prezidentimiz Toshkent shahrida vazirlik tizimidagi xodimlar, chet ellarda ishlab kelgan diplomatlarimiz uchun imtiyozli ipoteka kreditlari asosida ko‘p qavatli uylar qurish zarurligini qayd etdi.

O‘zA
8 249