Nursulton Nazarboyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Nursulton Nazarboyev Mustaqillik maydonining me’moriy yechimi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.
Prezidentlar poytaxtimizdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralarini ziyorat qildi.
To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbarasi Shayx Xovandi Tohur majmuasidagi ko‘hna qabristonning shimolida joylashgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan, chortoq tarhli, qo‘sh qavat gumbazli qilib qurilgan. Manbaalarda qayd etilishicha, bu yerga To‘labiy Alibiy o‘g‘li dafn etilgan. Mustaqillik yillarida ushbu maqbara qayta ta’mirlanib, muqaddas qadamjolardan biriga aylantirilgan.
O‘tganlar haqiga Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.
Ziyorat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qilib, mamlakatlarimiz hamkorligida yangi bosqich boshlanganini ta’kidladilar.
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ko‘p yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi.
Nursulton Nazarboyev buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.